Yangiliklar

C.A.T. SCIENCE ACCELERATOR 2.0 DEMO-KUNI BO‘YICHA FOTO-ALBOM

Fotoalbom Demo Dnya C.A.T. Science Accelerator 2.0 Demo-Kuni bo‘yicha foto-albom

Tadbirni ochib berishdi:

❇️️ Azimjon Nazarov, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari

❇️️ d-r Shaxlo Turdiqulova, Ilg‘or Texnologiyalar Markazining direktori

❇️️ Vladimir Soy, akselerator direktori

 

12 ta loyiha 6 oylik faoliyat natijalarini taqdim etdi:

  1. “Tish farishtalari” (“Зубные феи”) (Buxoro)
  2. VR-Cerebri
  3. LOGOS
  4. Defuse-IT
  5. TumorOnTarget (Namangan)
  6. Save Food (Buxoro)
  7. AiCo cybernetics
  8. Wound Care Lab
  9. Effect Organic Milk
  10. Innocens Bio
  11. VitaDent (Andijon)
  12. Biocentric

————

Loyihalarni baholagani uchun ekspert-hakamlarga minnatdorchilik bildiramiz:

❇️️ Jamol Boboxonov, O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish boshlig‘i;

❇️️ Tatyana Shalunova, Profi Training biznes-maktabining asoschisi va uning rivojlanish bo‘yicha direktori;

❇️️ Usmon Raximjonov, «Startap Tashabbuslar» loyihasining koordinatori;

❇️️ Amir Obidov, olim, Lotus Engineering va CleanBox startaplarining asoschisi

————-

Hakamlar hay’ati versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar:

1-o‘rin — 2 ta jamoa: DefuseIt (qishloq xo‘jaligi uchun masofadan boshqariladigan suv tozalash filtrlari) va TumorOnTarget (PZR asosida HER2 onkomarkeri maqomini aniqlash metodi)

2-o‘rin — 2 ta jamoa: Logos (insultdan keyingi bemorlarning nutqini tiklash bo‘yicha o‘zbek tilidagi mobil ilova) va Innocense Bio (zararkunandalarga va o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashish uchun biopreparatlar)

3-o‘rin — «Tish farishtalari» («Зубные феи») (bolalarda tish emali kasalliklari asoratlarining oldini olish uchun gel)

————

Akselerator mentorlarining versiyasi bo‘yicha TOP-3 talik loyihalari:

1️⃣ DefuseIt

2️⃣ TumorOnTarget

3️⃣ BioCentric (okso-bioparchalanadigan plastikni ishlab chiqarish) va Innocens bio

————-

Jamoalarni yana bir bor Demo-Kundagi g‘alabasi bilan muborakbod etamiz! 12 ta jamoaning hammasini, finalgacha yetganlarning barchasini tabriklaymiz! Barcha jamoalar sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Biz loyhialaringizni rivojlantirishda davom ettirishingizga hamda barqaror biznesni yaratib, uni ko‘lamlashtirishingizga umid qilamiz!

Endi — Innovatsion rivojlanish vazirligining startaplar tanloviga ariza berishga tayyorgarlik ko‘ramiz (tanlov doirasida 1.5 mlrd so‘mgacha grant olish mumkin). Barcha loyihalarga omad! 

 

Все новости