Yangiliklar

C.A.T. SCIENCE ACCELERATOR AKSELERATORINING 2-QABULIGA ARIZALAR QABUL QILISH BOSHLANDI!

C.A.T. Science Accelerator akseleratorining 2-qabuliga arizalar qabul qilish boshlandi!

Nafaqat O‘zbekistonning, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining ilmiy startaplarini taklif qilamiz.

Loyihangiz quyidagi sohalarda muammolarni hal etishi kerak:

  • «yashil» texnologiyalar;
  • diagnostika va biotibbiyot;
  • muqobil energiya manbalari;
  • yangi materiallarni ishlab chiqish;
  • ilm-fanda IT va raqamli texnologiyalar;
  • ozuqa bilan bog‘liq texnologiyalar.

Akseleratorning 1-qabuli 2019-yilda yakunlandi. Unda 3 ta startap-loyiha O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘kazilgan tanlov doirasida umumiy miqdori 200 000 dollarlik investitsiyaga ega bo‘ldi.

❗️Akseleratsiya dasturining batafsil shartlari va arizalarni berish — www.cat-sa.uz saytida.

Arizalarni qabul qilish 20-fevralgacha davom etadi. Dastur 5 oyga mo‘ljallangan. Akselerator loyihalari mahalliy va xorijiy mentorlarning ko‘magiga ega bo‘ladi.

Все новости