Yangiliklar

“Grapes Garden” jamoasi bilan intervyu

Biz intervyular turkumini davom ettiramiz va qushlarni haydash uchun sun’iy intellekt asosida qurilma ishlab chiqqan «Grapes Garden» jamoasi bilan tanishamiz.

1. Bizga loyihangiz haqida so’zlab bering. Nima ishlab chiqarishni rejalashtiryapsiz?

“Grapes Garden” loyihasi uzumzorlarni qushlardan avtomatik tarzda himoya qiladi, bundan tashqari, odamlarning vaqtini sezilarli darajada tejaydi va hosilning kamayishini oldini oladi.

Biz uzumzorlarni inson ishtirokisiz himoya qilishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Jamoamiz mamlakatimizda uzumzorlar ko‘pligini hisobga olib, mahalliy fermerlarning muammo va takliflarini tinglab, «Grapes Garden» loyihasiga asos soldi.

2. Jamoangiz qanday mutaxassislardan iborat?

Jamoamizda 5 nafar mutaxassis ishlaydi. Ayni paytda barchamiz “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida tahsil olmoqdamiz.

– Guruh sardori va dasturchi: Mansurov Bekzod, TIQXMMI(MTU) 3-kurs talabasi

– Marketolog: Jumaqulov Pirimbek, TIQXMMI(MTU) 2-kurs talabasi

– Elektromexanik: Xakimboyev Jasurbek, TIQXMMI(MTU) 3-kurs talabasi

– Dizayner: Sirojova Husniya, TIQXMMI(MTU) 3-kurs talabasi

– Ish faoliatini o’rganuvchi nazoratchi: Sardor Negmatov, TIQXMMI(MTU) 3-kurs talabasi.

3. Qurilmangizning ishlash printsipi va harakat radiusi haqida bizga so’zlab bering.

«Grapes Garden» qurilmasi 1 gektar uzumzorni qushlardan himoya qilishga qodir. Biz uzumzorga videokamera o‘rnatamiz va sun’iy intellekt yordamida u shu hududda uchib o‘tayotgan barcha qushlarni aniqlaydi, ularni baland ovoz bilan haydab chiqaradi, shuningdek, boshqa ehtimoliy havflardan himoya qiladi.

4. Sizning yechimingizning yangiligi nimada?

Bizning yechimimizning yangiligi shundaki, hozirda O‘zbekistonda bunday qurilma yo‘q va u xorijiy mamlakatlardagi qurilmalarga nisbatan ancha arzon va ishonchli.

5. Qurilmani dehqonlar bilan dalalarda sinab ko‘rdingizmi? Test natijalari haqida bizga xabar bering.

Qurilmamizni bir nechta klasterlarda sinab ko‘rdik va natija biz kutgandek ijobiy bo‘ldi: u uzumzorlarni qushlardan himoya qila oldi.

6. Ushbu qurilma nafaqat qushlarga, balki boshqa zararkunandalarga ham ta’sir qila oladimi?

Uzumzorlar asosan qushlar tomonidan zarar ko’radi, ammo bizning qurilmamiz qushlar va odamlar tahdidlarini va yuqoridan tahdid solishi mumkin bo’lgan barcha narsalarni aniqlay oladi.

7. Ushbu qurilma odamlar va uy hayvonlari uchun xavfsizmi?

Bizning qurilmamiz mutlaqo xavfsiz va odamlar va atrof-muhit uchun zararsizdir. U ortiqcha elektr va zaryadsiz ishlaydi va mukammal himoya qurilmasidir.

8. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Ilgor texnologiyalar markazidan qurulmamizni dasturiy taminoti va ishlash faoliyatini nazorat qilishda kerak boladigan jihozlar va kompyuter qurilmalaridan foydalanish rejalashtirilgan.

Все новости