Unda biznes-rejaning “marketing tahlili” deb ataluvchi bo‘limi haqida so‘z yuritamiz.
Bozor, raqobatchilar, SWOT-tahlil, yetkazib beruvchilar haqidagi ma’lumotlar qanday rasmiylashtirilishini ko‘rib chiqamiz.
Spiker: Aleksandr Yudakov, Ilg‘or texnologiyalar markazining Tijoratlashtirish va texnologiyalar transferi bo‘limi boshlig‘i. “C.A.T. Science Accelerator” dasturining rahbari.
Seminar offlayn formatda o‘tkaziladi! Barcha Toshkent jamoalari qatnashishi majburiy! Hududlardagi jamoalar uchun Zoom platformasida onlayn-translyatsiya imkonli bo‘ladi.
Hammani shanba kuni soat 11:00 da kutamiz!