Archives

Ushbu Yangi yilda bo‘lg‘usi yosh olimlarga va tadqiqotchilarga aql bovar qilmas kashfiyotlarni va ilhomlantiruvchi g‘oyalarni tilashni istardik.

Dekabr 30, 2023

Bilimga chanqoqlik va qiziqish hissi sizlarni olamni anglash borasida yangi ufqlarga olib kelsin. O’tkazadigan tajribalaringiz, tadqiqotlaringiz va ilmiy loyihalaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yangi yil sizlar uchun buyuk yutuqlar va olg‘a qadamlar yiliga aylansin.

“C.A.T. Science Accelerator 5.0.” dasturining natijalari

Oktyabr 26, 2023

“Videohisobotimizda C.A.T. Science Accelerator 5.0” dasturi Demo Kunining qiziqarli lahzalarini va dasturning asosiy yutuqlarini topasiz.

Oktyabr 17, 2023

Dasturning Demo kuni o‘tdi va akseleratorning eng yaxshi loyihalari aniqlandi

14-oktyabr kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida C.A.T. Science Accelerator 5.0. ilmiy startaplar akseleratorining Demo Kuni o‘tkazildi.

Oktyabr 16, 2023

Tadbirni Shaxlo Utkurovna Turdikulova, O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari, Ilg‘or texnologiyalar markazining direktori ochib berdi.

Akselerator 5 yildan beri o‘tkazilmoqda, bugun o‘z loyihalarini va ilmiy ishlanmalarining prototiplarini 12 ta startap taqdim etdi.

Akselerator an’anasiga ko‘ra, biz ikki nominatsiya bo‘yicha sovrinlarni topshirdik:

– Hamkam ekspertlarning versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar;
– Akselerator mentorlari va akseleratsiya platformasining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar.

G‘oliblarni tabriklaymiz!

Hakamlar versiyasi bo‘yicha g‘oliblar:

– Qodirovlar gidronasosi — suv oqimida elektr va issiqlik energiyasisiz ishlaydigan nasos;
-EctoProtez — yuz-jag‘ sohasidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun ektoprotezlarni ishlab chiqarish;
-Dr. Snails — shilliqqurt ekstrakti (mutsin) asosida tayyorlangan yuz uchun kremni ishlab chiqarish.

Ushbu g‘olib loyihalarning har biri vazirlikdan 100 mln so‘mdan moliyaviy mablag‘ oladi.

Akselerator mentorlarining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar:
– Belisso Cosmetics — sabzi ekstrakti asosida tayyorlanadigan yuz uchun kremni ishlab chiqarish;
– Alter Heating Technologies — isitish uchun qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan avtomat qozonlarni ishlab chiqarish;
-Dr. Snails — shilliqqurt shirasi asosida tayyorlanadigan yuz uchun kremni ishlab chiqarish.

Jamoalarning loyihalarini baholagan va ularga o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan hakam ekspertlarga minnatdorchilik bildiramiz!

– Shaxlo Utkurovna Turdikulova, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari, Ilg‘or texnologiyalar markazining direktori;
– Muzaffar A’zamov, O‘zbekiston Elektron tijorat uyushmasining raisi;
– Nodira Muxammadkulova, Xalqaro istiqbolli tadqiqotlar institutining Energetik geosiyosat markazi rahbari;
– Alisher Abdullayev, ITM biotexnologiyalar laboratoriyasining mudiri;
– Farrux Maksumov, Plug and Play Uzbekistan xalqaro akseleratorida hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha menejer;
– Akmal Salixov, Vronica kompaniyasining asoschisi, startaplar mentori va trekeri.

12 ta finalchi jamoaning hammasini tabriklaymiz va ular o‘z loyihalarini rivojlantirishda davom etishlariga hamda barqaror biznesni yaratib, uni ko‘lamlashtira olishlariga umid qilamiz! Eslatib o‘tamiz, akseleratorning barcha loyihalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining startaplar tanlovi doirasida moliyalashtirish bo‘yicha ariza berishlari mumkin.

Jamoa bilan intervyu: «Agro Insecticide»

Oktyabr 12, 2023

1. Startapingizning asosiy missiyasi nimadan iborat, uning yordamida nimalarga erishmoqchisiz?

Startap loyihamiz asosida 4-5 yillar davomida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan preparatlarni ommaga taqdim etish va shu asosda ishlab chiqarishni joriy etish va bu borada investitsiyalarni kamaytirish, agrobozor infratuzilmasini yaxshilashdir. Biz yerishmoqchi bo‘lgan ish, olimlar tomonidan yaratilgan yangiliklar qog‘ozda emas amalda ham ko‘rsata olishidir

2. Startapingiz bozordagi raqobatchilaridan nimasi bilan farq qiladi? O‘zingizning raqobat bo‘yicha ustunligingizni qanday ushlab turmoqchisiz?

Raqobatchilardan farqli o‘laroq bizning mahsulotlarimiz mahalliy mahsulotlardir. Preparatimiz tarkibida zararli hashoratlarga qarshi insektitsid hususiyati bo‘lishi bilan birga bir vaqtning o‘zida Fungitsid va Rostostimulyator ta’siri ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Bu esa hosilning zararli hashoratlardan himoyalanishidan tashqari, o‘simlikning o‘suvchanligini va hosilning oshishiga imkon beradi. Y’ani 3 ta xususiyati birda preparat mijozlarning etiborida va e’tirofida bo‘ladi.

Mahsulotlarni sotishda mijozlarga mahsulotlarni yetkazib berishdan tashqari preparatni ishlatishda maxsus mutahasislarning ko‘magini yo‘lga qo‘yib borish. Mijozlarning istaklarini inobatga olish va doimiy ravishda ishonchini oshirish orqali raqobat bo‘yicha ustunligingizni ushlab turmoqchimiz

3. Zararkunandalarning qaysi turlarini qishloq xo‘jaligi uchun xavfliroq va halokatli deb hisoblaysiz?

Respublikamiz qishloq xo‘jaligida, xalq xo‘jaligida, oziq-ovqat sanoatida poliz hamda, don va dukkakli (bug‘doy, arpa, mosh, loviya, makkajo‘hori va h.k.) mahsulotlar boshqa mahsulotlarga nisbatan inson iste’molida ehtiyoj va talab juda katta. Shuning uchun ularni keng miqyosda yetishtirish va ularni omborlarda sifatli saqlash muhimdir. Omborlarda saqlanayotgan don va dukkakli maxsulotlarni saqlash jarayonida mita va shunga o‘xshash boshqa zararkunanda hasharotlar bu mahsulotlarning sifatini keskin kamaytiradi va hattoki yo‘q qiladi. Poliz yekinlaridan Qovun qurti va pashshasi ham iqtisodiyotga o‘ta katta zarar keliruvchi bu zararli parazitlar nafaqat qishloq xo‘jaligida, balki oziq-ovqat sanoatiga ham keskin salbiy ta’sirlarini ko‘rsatadi. Umuman olganda qishloq xo‘jaligi ekinlarida uchraydigan barcha zararli hashoratlar xavfli bo‘lib, zararli hashoratlarning hech birini xavfsizroq beb bo‘lmaydi.

4. O‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish uchun qaysi metod yoki texnologiyadan foydalanasiz?

Ekishga mo‘ljallangan urug‘larni oldindan dorilash texnologiyasidan foydalaniladi, bu urug‘ni saqlash jarayonida mitalab ketmasligining va unib chiqish jarayonida unuvchanligining oshishiga olib keladi, bu esa inson omiliga va ekologiyaga zararli ta’sirining ham oldini oladi.

5. Sizning yondashuvingiz zararkunandalarga qarshi kurashishning kimyoviy pestitsidlar kabi an’anaviy metodlaridan nimasi bilan farq qiladi?

Hozirda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalarga qarshi kurashishda ishlatilib kelinayotgan pestitsidlar asosan katta valyuta kursi asosida import orqali chetdan olib kelinmoqda. Hozirgi kunda an’anaviy pestitsidlar orqali zararkunandalarga qarshi kurashish jarayonida ekin maydonlariga ular ko‘p miqdorda sepishni hamda bunga texnika va inson omilining birgalikda ishlashi, sog‘liqqa va ekologiyaga zararli ta’siri kabi salbiy omillar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bizning usulda bu sarf-xarajatlar, zararlar miqdori keskin kamayadi, hosildorlik esa oshishiga olib keladi.

6. Zararkunandalarning metodlaringizga nisbatan yuqori darajada chidamliligi kabi ehtimoliy nojo‘ya samaralarni qanday bartaraf etasiz?

Zararkunandalarning qo‘llanilayotgan metodlarga va preparatga o‘rganib qolish moyilligini oldini olish uchun, biz mita yoki qurt tushgandan keyin emas, ularning tushishiga qarshi oldindan ishlov berish usulini qo`llaymiz.

7. Ekologiya va inson salomatligi uchun xavfsizlik nuqtai nazaridan yechimingizning qanday afzalliklari bor?

Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bizning preparatlarimiz ekologik va inson salomatligiga xavf tug‘dirmaydi. Asosiy afzalliklaridan biri ekinlar uchun foydali bo‘lgan hashoratlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

8. Startapni ishga tushirish jarayonida siz duch kelgan eng katta to‘siqlar nimalardan iborat bo‘ldi, ularni qanday yengib o‘tdingiz?

Startapni ishga tushirish jarayonida biz dastlab jamoamizga kerak bo‘ladigan aynan bizning sohamizni tushunadigan marketolog va sotuvchini topishda qiyinchiliklarga duch kelindi, lekin akselerator xodimlari va mentorlarning yordami bilan jamoaga kerak bo‘lgan xodimlarni topish uchun turli kerakli maslahatlari bilan jamoamizni to‘liq shakllantira oldik. Chunki startap loyihalarining samarali ish yuritilishi uchun jamoada ahil va kerakli mutaxasislarning bo‘lishi bu juda muhimdir.

9. Jamoangizning har bir a’zosi startapda qanday rol o‘ynaydi? Ular loyihaga qanday ko‘nikma va tajribani olib kiradi?

Jamoamizda eng muhim a’zolaridan biri yaxshi organik sintezchilar bu Yuldasheva Muhabbat, Azimova Gulmira, Turayev Sherzod. Bir necha vaqt davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligining “koll-markazi”da maslahatchi sifatida ishlab ko‘rgan marketolog Qurbanbayev Shaxriyor va loyihaning ilmiy tadqiqotchisi, ish boshqaruvchi va undan tashqari hozirda samarali sotuvchi vazifasida ham (sinab ko‘rayotgan) faoliyat olib borayotgan Turayeva Xurshida. Jamoamizning yana bir a’zosi agronom Qurbanbayev Jasurbek.

Dastlab startap loyiha jamoasida asosan kimyogarlar mavjud edi. Keyinchalik loyihaga kerak bo‘lgan mutaxasislarni jalb qilgach, loyihaning samarali ishlashi uchun marketologimiz ko‘pgina raqobatchi kompaniyalardagi zayif nuqtalarini va bozorda o‘z o‘rnimizga ega bo‘lish yo‘l-yo‘riqlarini o‘z tajribasi asosida olib kirdi.

Loyiha jamoasida tajribali organik kimyogar sintezchi Azimova Gulmira bu kabi organik preparatlarni samarali sintez qilishning yangi innovatsion usulini ishlab chiqdi, ya’ni zamonaviy nano-katalizatorlarni qo‘llash orqali sintezning ilg‘or texnalogiyasini amalga oshirdi.

10. Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Ilmiy markazning zamonaviy ilg‘or laboratoriyalarida sintez qilingan moddalarning fizik-kimyoviy analizlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

11. Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayotganingiz va jamoangizga mentorlikdan qanday yordam kerakligi haqida gapirib bersangiz?

Akselerator mentorlaridan Ilhomov Akrom bizning startap loyihamizga har taraflama katta ko‘mak berdilar. Masalan, preparat sarflari gektariga qancha sepilishi kerakligi, fermerlarga preparatlarni qanday takliflar asosida tavsiya berilishi kerakligi, preparatlarning qadoqlanishi-yu, qadog‘idagi tavsiyalari to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerakligi va hokazolar bo‘yicha ko‘plab tajribalarini bo‘lishdilar. Ikkinchi mentorimiz bo‘lgan Dalimov Sherozbekdan ham juda qiziqarli tavsiyalarini oldik, ya’ni sotuvda nimalarga ahamiyat berilishi kerakligi, mijozlar bilan ishlashda ularda katta taassurot qoldirish yo‘llarini va asosiysi xarajatlar smetasini to‘g‘ri tuzish kerakligi bo‘yicha katta tajribalari bilan ko‘maklashdilar.

12. Startapingiz borasida kelajak rejalaringiz? Qanday yangi mahsulotlar yoki funksiyalarni joriy etishni rejalashtirgansiz?

Loyiha qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilishda zararkunandalarga qarshi samarali mahalliy preparatlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Insonlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ularni keng miqiyosda yetishtirishdagi uchrayotgan zararlarni kamaytirishda mijozlarimizga ko‘maklashish.

Kelajakda organik sintez natijasida olinadigan boshqa preparatlarni ham sinovdan o‘tkazish va qo‘llashga joriy etishni kengaytirishdan iborat.

E’tiboringizga “C.A.T. Science Accelerator 5.0” dasturining Demo Kunida loyihalarni baholaydigan ekspertlarni taqdim etamiz!

Oktyabr 10, 2023

– Shaxlo Utkurovna Turdikulova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari. Ilg‘or texnologiyalar markazining direktori.

– Dilbar Dolimova, Ilg‘or texnologiyalar markazi (ITM) direktorining o‘rinbosari;

– Muzaffar A’zamov, O‘zbekiston Elektron tijorat uyushmasining raisi;

– Nodira Muxammadqulova, Xalqaro istiqbolli tadqiqotlar institutining Energetik geosiyosat markazi rahbari;

– Alisher Abdullayev, ITMning biotexnologiyalar laboratoriyasi mudiri;

– Farrux Maksumov, “Plug and Play Uzbekistan” xalqaro akselertorida hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha menejer;

– Akmal Salixov, Vronica kompaniyasining asoschisi, mamlakatdagi yetakchi startaplar va IT-loyihalarning mentori va trekeri.

Akselerator Demo Kuni 14-oktyabrda Ilg‘or texnologiyalar markazida o‘tkaziladi.

Jamoa bilan intervyu: «Lifeco»

Oktyabr 10, 2023

1. Sholidan idish tayyorlashga ixtisoslashgan startapni yaratish uchun ilhomni qayerdan oldingiz?

Men tug‘ilgan Gurlan tumanida eng asosiy ekin bu sholichilikdir. Esimni tanigandan beri sholi yetishtirish bilan shugullanaman.Shu bois sholining barcha jarayonlarini, xususiyatlarini, navlarini yaxshi tushunaman. 2019-yildan buyon guruch savdosi bo‘yicha korxona tashkil etib korxona va tashkilotlarga ulgurji narxda yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Bu loyihaga qo‘l urushimning 2 ta sababi bor.

Birinchisi. Plastik muammosi. Bu butun dunyo muammosi bo‘lib hozirda barcha davlatlar bunga yechim qidirishga kirishgan. Bu yo‘nalishda yetakchi davlatlar Xitoy, Hindiston va Germaniyani aytishimiz mumkin. O‘zbekistonda esa bu sohada hali birorta loyiha amalga oshirilmagan. Meni maqsadim bu yo‘nalishni rivojlanitirish orqali O‘zbekistonda plastik muammosiga ajoyib yechim berish.

Ikkinchisi.Sholi ekinligi shunaqangi noyob o‘simlikki undan judayam ko‘p mahsulotlar olsa bo‘ladi. Ko‘plab sohalarda ishlatsa bo‘ladi. Bizda sholi va guruchni qayta ishlash umuman yo‘q bo‘lib oshga guruchini ishlatamiz, kepagini molga beramiz tamom.Agar buni qayta ishash yo‘lga qo‘yilsa juda qimmat mahsulotlar olish mumkin va ushbu sohani yanada rivojlantirish mumkin.

2. Sholidan tayyorlangan idishlaringiz boshqa materiallardan tayyorlangan an’anaviy idishlar bilan solishtirganda qanday afzalliklarni taklif etadi?

Ularga qaraganda chidamli va zararsiz. Narx jihatidan ham ancha arzon

3. Idishingizda tabiiy sholi mahsulotining foizi qanchaligi va ishlab chiqarishda yana qanday komponentlardan foydalanishingiz haqida ma’lumot bera olasizmi?

Mahsulotdan 75-80% sholi qobig‘i  kukuni, 15% makkajo‘xori va kartoshka kraxmali, 5 % tabiiy yelim.

4. Startapingiz bozordagi raqobatchilaringiznikidan nimasi bilan farq qiladi?

Hech bir jihatidan plastik idishlardan qolishmaydi. Asosiy farq qiladigan tomoni idishimiz tabiatga umuman zararsiz, tabiatda tez parchalanib chirindiga aylanib ketishidir.

5. Startapni ishga tushirish jarayonida siz duch kelgan eng katta to‘siqlar nimadan iborat bo‘ldi, ularni qanday yengib o‘tdingiz?

Uskunasi va ishlab chiqarish texnologiyasini topishda qiyinchilik bo‘ldi. 3 oy internetda izlab kerakli malumotlar va uskunalarni topdim. Uskuna egalari bilan gaplashdim. Ulardan uskuna haqida to‘liq ma’lumot oldim.

6. Jamoangizning har bir a’zosi loyihada qanday rol o‘ynaydi?

Loyiha rahbari ya’ni loyihaning barcha jarayonida bevosita o‘zim qatnashaman. Hujjatlar bilan ishlash, moliyaviy ishlarni hal etish, uskunalarni topish va ular bilan gaplashish, jamoani yig‘ish. Tadbirlarda va o‘quv seminarlarida qatnashish. Bu loyiha rivojlangani sayin vazifalar tegishli xodimlarni ishga olib ularga yuklatiladi.

O‘razmetov Ravshan texnolog. Loyihada idishlarni yasash va ularni tarkibini o‘rganish vazifasini bajaradi. Qanday birikmalarni qo‘shsa idishlar mustahkam bo‘lishini o‘rganish va tajriba qilish ishlarini qiladi.

Sabirov Doston marketolog. Bozorni o‘rganadi. Plastik idishlar ishlab chiqaruvchilarni o‘rganadi. Qanday assortimentdagi tovarlar yaxshi ketishi va qaysi tarmoqlar orqali sotish kerakligi bo‘yicha ish olib boradi.

7. Ular loyihaga qanday tajriba va ko‘nikmalarni olib kiryapti?

Hozirda hammamiz bir jamoa bo‘lib o‘zlarimizni tajribalarimizni qo‘shgan holda loyihani rivojlantirishga yo‘naltirmoqdamiz.

8. Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Mahsulotlarimizni sinovdan o‘tkazishni reja qilyapmiz. U yerdagi mutaxassislar bilan yangi ishlanmalar ustida ish olib borish.

9. Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayotganingiz haqida gapirib bersangiz. Jamoangizga mentorlikdan qanday yordam zarur?

Menga biriktirilgan mentor Akmal Salixov. Akmal aka juda kuchli mutaxasis va o‘zi loyihalarni yo‘lga qo‘yib rivojlantirganligi va bu yo‘lda asosiy to`siqlar haqida tavsiyalar berdi. Menga foydali bo‘lgan eng zo‘r maslahatlaridan biri Xitoydan aynan shu turdagi mahsulotni olib kelib sotib ko‘rish kerak, shunda bozor talabi aniq bo‘ladi degan fikrni berdilar. Idishlarni qilish bo‘yicha ham o‘zimiz ham shu yerda maxsus formula asosida idishlarni chiqarish kerakligi faqat Xitoyni formulasiga qarab qolmosligini aytdilar. Akmal aka men uchun juda foydali bo‘ldilar.U kishiga katta rahmat.

10. Yangi mahsulotlarni rivojlantirish yoki mavjudlarini takomillashtirish borasida kelajak rejalaringiz qanday?

Yuqorida aytganimdek sholi qobig‘idan juda ko‘p mahsulot olsa bo‘ladi. Keyingi rivojlanish rejalarimiz undan ro‘zg‘orda ishlatiladigan ko‘p martalik taxtakash, tarelkalar, kosalar va boshqa buyumlar. Keyingi rejalashtirgan katta yo‘nalishimiz qurulish materiallari bo‘lmish DSP, DVP va MDF panellar ishlab chiqarish rejalashtirganmiz. Bunda Hindiston tajribasini o‘rganib kelish rejalashtiriklgan.

11. Sholidan tayyorlangan idishingizni utilizatsiya qilish va uning utilizatsiya sikli qanday amalga oshiriladi?

Utilizatsiya qilish haqida aytadigan bo‘lsak bizning mahsulotlarimizni bemalol dalalarga tashlash mumkin, o‘rtacha 10-30 kun ichida to`liq chirindi o‘g‘itga aylanib ketish xususiyati bor.

Jamoa bilan intervyu: «Hair Spray»

Oktyabr 10, 2023

1. Startapingizning asosiy maqsadi nima va siz uning yordamida nimalarga erishmoqchisiz?

Startapimizning asosiy maqsadi bu soch o‘stiruvchi, o‘zida biologik faol moddalarni saqlovchi sprey va moylar ishlab chiqarish. O‘zbekiston aholisining 70% soch muammolari  bo‘yicha mutahassislarga  murojaaat qilishini hisobga olgan holda , biz yiliga 100 mingdan 120 minggacha mahsulot ishlab chiqarish, ish o‘rinlari yaratish va mahsulotlar turini ko‘paytirishni rejalashtiryapmiz.

2. Startapingiz bozordagi raqobatchidan nimasi bilan farq qiladi? Raqobat-bardosh ustunligingizni qanday saqlab qolishni rejalashtiryapsiz?

Bizning asosiy raqobatchilarimiz Janubiy Koreya, AQSH, Fransiya va Rossiyada ishlab chiqarilgan. Biologik faol, vitamin va minerallarga boy bo‘lgan krem va mazlar hisoblanadi. Biz ularga nisbatan tabiiy, arzon hamda har qanday soch turiga mos keladigan, soch to‘kilishiga qarshi ta’sirga ega, vitaminlarga boy mahsulotlarni tasnif qilish orqali o‘z ustunligimizni saqlab qolmoqchimiz.

3. “Hair spray” qanday ta’sir qiladi? Bosh terisi, shu jumladan ta’sirchan va muammoli teri uchun?

Vitamin va minerallar spreyning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, u 99% ni tashkil qiladi. Bosh terisida qon aylanishini yaxshilaydi. Soch tolalarini mustahkamlashda ahamiyatli. Sochlarni tez o‘sishini tarkibidagi vitamin B12 ta’minlab beradi. Sochlar tez yog‘lanishining oldini oladi.

4. Mahsulotingizni tayyorlashda siz qanday tabiiy komponentlardan foydalangansiz?

Biz spreyimizni tayyorlashda quyidagi komponentlardan foydalanamiz, jumladan, vitamin B1 , vitamin B6, vitamin B12 va suvdan. Muhim komponentlardan biri bu nikotin kislotasi, shuningdek tiamin kislotasi soch tolalarining mustahkamligini oshiradi. Bu noyob, tabiiy kombinatsiya vitaminlar effektini kuchaytiradi va tezlashtiradi.

Biz mahsulotni noxush hidini yoqotishda faqat tabiiy mahsulotlardan foydalandik.

5. Mahsulotingizdan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazdingizmi va foydalanuvchilardan qanday fikr-mulohazalar oldingiz?

Mahsulotimizdan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazdik. Shu kungacha biz 150 da ortiq aholiga xizmat ko‘rsatdik. Bizning mahsulotimiz soch o‘stirish, davolash va tug‘ruqdan keyingi soch to‘kilishlarning oldini oladi.Muhim ko‘rsatgichlardan biri bu  mahsulotmizni sinab ko‘rgan mijozlar qayta xaridni amalga oshirishidir.

6. Siz mahsulotingizni tayyorlashda kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va spreyni qayta ishlash jarayoni bilan bo‘lisha olasizmi? Ushbu jarayonning etikasi va barqarorligini qanday ta’minlaysiz?

Biz spreyimizni tayyorlashda asosan tabiiy va tayyor mahsulotlardan foydalandik va uni laboratoriya sharoitida tayyorladik.

7. Siz speyning samaradorligini xaridorlarga qanday isbotlay olasiz? Klinik tadqiqotlardan o‘tkazganmisiz yoki xaridorlardan fikr va mulohazalar olganmisiz?

Biz mahsulotimiz tabiiyligini va xavfsizligini ta’minlab beramiz. Hozirda 150 dan ortiq mijozlarimiz mavjud va ular mahsulotimiz borasida yaxshi fikrda. Biz buni  1yil davomida isbotladik.  Hattoki allergik teri kasalliklari bilan og‘riganlarga ham ijobiy natija berdi. Hech qanday nojo‘ya ta’sir kuzatilmadi. Hozirda mahsulotimiz tarkibi ustida kerakli laboratoriya ishlari olib borilmoqda.

8. Siz duch kelgan eng katta to‘siqlar nima va siz ularni qanday yengib o‘tgansiz?

Startapni ishga tushirish jarayonida  C.A.T murabbiylarining yordamlari juda katta. Kelib chiqqan barcha muammolarni biz maslahatlashib birgalikda  hal qildik. Shuning uchun bu muammolarni katta to‘siqlar deb ham aytolmayman. Ularning yordamlari bilan biz korparativ logotipni tanladik, undan ham ko‘proq mijozlar sonini kengaytirish uchun mahsulot dizaynini takomillashtirdik. Hozirda biz mahsulotimizni nafaqat Toshkent shahrida, balki Buxoro, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlariga yetkazib beramiz.

9. Jamoangizning har bir a’zosi qanay rol o‘ynaydi? Ular loyihaga qanday hissa qo‘shadi?

Bizning jamoa 2 kishidan iborat.

Loyiha menejeri: Qodirova Azizabonu Bahadirovna –texnolog va farmatsevtika bo‘yicha 3 yillik tajribaga ega.

Marketolog: Quvvatova Zarinabonu Shuhratovna – 1.5 yillik tajribaga ega.

10. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Biz laboratoriyalardan spreylarimiz sifatini baholashda foydalanamiz. Bu speylarimiz tarkibida nikotin kislotasini saqlashi bilan bog‘liq. Ularning sifat va miqdorni aniqlash juda muhim.

11. C.A.T murabbiylari bilan qanday ishlaysiz va ulardan qanday yordam kerak bo‘ladi?

Hozirda C.A.T akselerator murabbiylarining bizga bergan bilimlari tufayli juda ko‘p bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik. Bundan tashqari biz faoliyatimizni kengaytirdik. Biz yutuqlarimizni keyinchalik mahsulotimizni reklama qilishga va ishlab chiqarishga yonaltiramiz.

12. Sizning startapingiz bo‘yicha kelajakdagi rejalaringiz qanday? Qanday yangi mahsulotlarni taqdim etmoqchisiz?

Kelajakda biz soch uchun maskalar, termohimoya vositalari va moylar   ishlab chiqarmoqchimiz.

Oktyabr 6, 2023

14-oktyabr kuni soat 11:00 da Ilg‘or texnologiyalar markazida C.A.T. Science Accelerator 5.0 dasturining Demo Kuni o‘tkaziladi

14-oktyabr kuni soat 11:00 da Ilg‘or texnologiyalar markazida C.A.T. Science Accelerator 5.0 dasturining Demo Kuni o‘tkaziladi

Oktyabr 6, 2023

Unda dastur finaligacha yetib kelgan 12 ta jamoa o‘z loyihalarini taqdim etadi.

Demo Kun “jonli”, ya’ni offlayn-rejimda o‘tkaziladi.
Hududlardagi jamoalardan finalga yetib kelishni rejalashtirishlarini so‘raymiz!

🌟 Akseleratorning 3 nafar finalchisi 100 mln so‘mdan moliyaviy mablag‘ga ega bo‘ladi.

Demo Kundan so‘ng akselerator jamoalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining startaplar tanlovi doirasida investitsiyalar olishga ariza berishlari ham mumkin.

Barcha jamoalarga omad tilaymiz!

  • Yangi maqolalar

  • Yangi sharhlar

  • Arxivlar

  • Bo’limlar

  • Meta