Yangiliklar

Jamoa bilan intervyu «Alter heating technologies»

Starapingizning asosiy missiyasi nimadan iborat, uning yordamida nimaga erishmoqchisiz?

  1.  Yakuniy missiyamiz odamlar uchun “qorong‘i tunneldan keyin yorug‘likka” aylanadigan xalq iste’moli tovarlarini yaratishdan iborat. Oraliq maqsadimiz esa – bu har xil yoqilg‘i turlarini muvozanatlashtirilgan holda iste’mol qilish yo‘li bilan energiya resurslari tanqisligi muammosini tubdan hal qilish. Jamoamiz uchun mamlakatimizda uzoq vaqtdan buyon mavjud bo‘lgan muammo – bu biz jilovlashga urinayotgan yaxshi niqoblangan muvaffaqiyatdir.

Startapni ishga tushirish jarayonida siz duch kelgan eng katta to‘siqlar nima bo‘ldi, ularni qanday yengib o‘tdingiz?

  1. 2.     Biz bir nechta jiddiy to‘siqlarni yengib o‘tdik, xususan:
  • -Har qishda tabiiy gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash qobiliyati haqidagi aholining xato fikrini.
  • -Har xil turdagi yoqilg‘ilar, ayniqsa ko‘mir va tabiiy gaz orasida narx muvozanatining yo‘qligi. Bu ko‘mirga qaraganda arzonligi tufayli tabiiy gazning juda yuqori darajadagi iste’moliga olib kelayotgandi.

Bu muammolarni hal qilish uchun 2017-yildan buyon qattiq yoqilg‘ili qozonlarda ko‘mirni avtomat yoqish loyihasi ustida ishladik. Loyihani saqlash va qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgan holda, unga mablag‘ yo‘naltirdik va rivojlandik, chunki mahsulotimiz kelajakda talabga ega bo‘lishiga ishonardik.

Biroq, 2023-yil boshidagi anomal sovuqlar hukumatni energiya ta’minoti bo‘yicha va qattiq yoqilg‘idan muqobil sifatida foydalanish bo‘yicha tubdan qaror qabul qilishga majbur qildi.

 

Qozonlarning qanday turlari mavjud, ular xarakteristikasi va funktsionalligi bo‘yicha qanday farq qiladi?

Kompaniyamiz ikki turdagi qattiq yoqilg‘i qo‘llanadigan qozonlarni ishlab chiqaradi: avtomat qozonlar va yarim avtomat qozonlar. Keling har bir qozonni batafsil ko‘rib chiqamiz:

Pancerpol firmasi (Polsha) tomonidan ishlab chiqarilgan avtomat qozonlar masofadan turib pult yoki internet modul yordamida boshqariladi. Ular qum ko‘mir, yog‘och qirindisi, sholi sheluxasi, pelletalar va boshqa xo‘jalik chiqindilari kabi turli mayda fraktsiyali yonilg‘ini yoqishga qodir.  Bunkerni yoqilg‘iga yuklash 4-5 kunga yoki katta bunker bo‘lsa 1 yilgacha yetadi. Qozonlar xavfsiz, ekologik va Yevropa standartlariga muvofiq keladigan 6 mm po‘latdan tayyorlangan. Bu qozonlarning kafolati 15 yilni tashkil qiladi. Ular mavsumda faqat 1 marta yoqiladi va belgilangan haroratga erishilganida avtomat tarzda o‘chadi.

Protech firmasining (Polsha) chizmalari bo‘yicha yarim avtomat qozonlar ham masofadan turib boshqariladi, ular ham turli yoqilg‘ini, shu jumladan aralash ko‘mir, o‘tin va yog‘och kirindisini yoqish uchun mo‘ljallangan. Yoqilg‘i bilan bir marta yuklash 16-20 soatga yetadi. Ulardan foydalanish qulay, xavfsiz, ular ham 15 yillik kafolatga ega. Qozonlar belgilangan haroratga qarab avtomat tarzda yonadi va o‘chadi.

 

Jamoangizning har bir a’zosi qanday vazifani bajaradi? Ular loyihaga qanday ko‘nikma va tajribani olib kiryapti?

Natijada, faoliyat davomida ijrochi bo‘g‘in xodimlari muzokaralar olib borish, mahsulotni taqdim etish, jamoa bo‘lib ishlash, texnik masalalarni hal qilish kabi yangi ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishdi. Bunda ularning oila a’zolari va do‘stlari, ya’ni hamfikrlari muhim rol o‘ynadi, ular loyihani har tomonlama qo‘llab-quvvatlab turishdi va uning muvaffaqiyatiga ishonishdi.

 

Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayotganingiz haqida gapirib bersangiz, mentorlardan jamoangizga qanday yordam kerak?

Mentorlar bilan xuddi psixoterapevt bemor bilan ishlayotganday ishlaymiz, bemor bu yerda biz. Aynan biz loyihada yuzaga kelayotgan muammolar va biror-bir vaziyat bo‘yicha qabul qilingan qarorlar haqida gapiramiz, muammoni mavhumlashtirib, mos keladigan yechimlarni topamiz.

Startapingiz bozordagi raqobatchilarnikidan nimasi bilan farq qiladi? Raqobatdagi ustunligingizni qanday ushlab turmoqchisiz?

Startapimiz mamlakatda bu sohada birinchilardan ekanimiz va boshqalarga qaraganda mahsulot bo‘yicha ko‘proq ma’lumotga ega ekanimiz bilan farq qiladi. Shuningdek, biz uzluksiz rivojlanyapmiz, Yevropa mamlakatlari va AQSHda bilim va tajriba orttirishga mablag‘lar yo‘naltiryapmiz.

 

Staraptingiz bo‘yicha kelajak rejalaringiz qanday? Qanday yangi mahsulotlarni yoki funktsiyalarni joriy etishni rejalashtirgansiz?

Faoliyatimiz muqobil energetikani, xususan qattiq yonilg‘ini rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda ko‘mir yoqilg‘isi ustuvor bo‘lib turibdi, biroq yaqin kelajakda turli organik chiqindilarni kompaundirlash va granulalash yo‘li bilan boshqa yuqori kaloriyali qattiq yoqilg‘ini yaratishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, talabga qarab avtomat ko‘mir havo qozonlari asosidagi turli quritish pechlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalar va energetika xarakteriga ega boshqa loyihalar ustida ishlanadi.

 

Qozonlarga asoslangan turli isitish tizimlarining qanday afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tish mumkin?

Ushbu savolga javobni butun bir maqola bilan berish mumkin, internetda bu haqda materiallar ko‘p, men faqat bir narsani aytishim mumkin – gazda ishlaydigan qozonlar tizimida siz gaz ta’minotiga va turli avariya holatlariga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘lasiz.

 

Xaridor qozonni tanlayotganda ularning qaysi asosiy texnik xarakteristikalarini e’tiborga olishi lozim?

Qattiq yoqilg‘ili qozonni tanlayotganda xaridor quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak:

  1. Qozonning og‘irligi va issiqlik almashinuv qurilmasining maydoniga. Maydon qancha katta bo‘lsa, qozonning foydali ish koeffitsiyenti shuncha yuqori bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi ushbu ko‘rsatkichni ko‘rsatmaydi.
  2.      Po‘latning qalinligi. Odatda qozon amalda 10 yildan ortiq xizmat qilishi uchun 4 mm qalinlikdagi po‘lat yetarli bo‘ladi, biroq biz qozonlarimizda ishonchliroq bo‘lishi uchun qizdirish kamerasining devorini 6 mm qalinlikda qilamiz.
  3. 3.      Foydalanish va tozalash qulayligi. har qanday qattiq yoqilg‘ili qozonni tozalash kerak, ishlab chiqaruvchining vazifasi qozon konstruktsiyasini tozalash uchun qulay qilishdan iborat.
  4. 4.       Yonish davomiyligi va elektron regulyatorlar bilan jihozlanganligi. Qozonlar konstruktsiyasi va komplektatsiyasiga qarab ikki turga bo‘linadi – byuddetli va premium sinfiga mansub. Tanlov xaridorga bog‘liq. premium sinfidagi qozonlar havoni boshqarish regulyatori va tsirkulyatsion nasos bilan jihozlangan bo‘lib, ular issiq suvni isituvchi 2-konturga ham ishlashi mumkin. Elektronikaning bo‘lishi esa ko‘proq afzallik va funksionallikni beradi.

Energiyani tejash va qozonlarnig ishlashini optimallashtirish uchun qozon sohiblariga qanday maslahatlarni bergan bo‘lardingiz?

Qozonlarni, u gazli yoki qattiq yoqilg‘ili bo‘lishidan qat’i nazar, avtomatika bilan jihozlash kerak. Avtomatika haddan tashqari qizib ketishning oldini olish uchun  qozondagi va xonadagi haroratni bir tekis boshqarish imkonini beradi, bu esa, o‘z navbatida, yoqilg‘ini tejaydi.

O‘zbekistonda asosan gazda ishlaydigan qozonlardan foydalanishadi, qish davrida gaz bosimi past bo‘lgani uchun ko‘pchilik gaz qozonlarida qattiq yoqilg‘ini yoqadi, agar qozon qattiq yoqilg‘iga mo‘ljallanmagan bo‘lsa, bunday qilish mumkin emas.

Qishni qulay issiq haroratda o‘tkazish va gaz ta’minotiga bog‘lanib qolmaslik uchun mavjud gaz qozoniga zamonaviy qattiq yoqilg‘ili zaxira qozonni xarid qilgan ma’qul. Zamonaviy qattiq yoqilg‘ili avtomatika o‘rnatilgan qozonlar muntazam ravishda ko‘mir solishni va tozalashni talab qilmaydi, ular gaz qozonlari kabi deyarli moslashtirilgan. Yoqilg‘i narxi ham muhim ahamiyatga ega, kelayotgan qish faslida energiya resurslarini bozor narxlariga o‘tkazish bo‘yicha islohotlar amalga oshiriladi, tabiiy gazga subsidiyalar ajratish kamroq bo‘ladi.

Все новости