{"id":2959,"date":"2020-10-12T11:19:32","date_gmt":"2020-10-12T07:19:32","guid":{"rendered":"http:\/\/cat-sa.uz\/?p=2959"},"modified":"2020-12-28T11:31:53","modified_gmt":"2020-12-28T07:31:53","slug":"c-a-t-science-accelerator-2-0-uchastniki-i-pobediteli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/c-a-t-science-accelerator-2-0-uchastniki-i-pobediteli\/","title":{"rendered":"C.A.T. SCIENCE ACCELERATOR 2.0: ISHTIROKCHILAR VA G\u2018OLIBLAR!"},"content":{"rendered":"<span style=\"font-weight: 400;\">2020-yil fevralida ilmiy loyihalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun C.A.T. Science Accelerator 2.0 ikkinchi akseleratorida qatnashishga arizalarni qabul qilish boshlandi. Loyiha tashkilotchilari va hamkorlarining maqsadi ilmiy ishlanmalar bilan shug\u2018ullanadigan loyihalarni korporatsiyalar va biznes bilan birlashtirishdan, fan, biznes va raqamli texnologiyalar sinergiyasi uchun sharoitlar yaratishdan iborat \u2013 aynan raqamlashtirish ilmiy loyihalarni ko\u2018lamlashtirish imkonini beradi. Bu yil 253 ta ariza olindi, bu akseleratorga birinchi qabuldagiga qaraganda ikki baravar ko\u2018p, arizalar O\u2018zbekistonning barcha hududlarida va Markaziy Osiyo mamlakatlarida (Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston va Tojikiston)\u00a0 faoliyat ko\u2018rsatuvchi olimlar va tadbirkorlardan tushdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">\u00a0<\/span><span style=\"font-weight: 400;\">Taqdimotlarni tinglash bilan o\u2018tgan bir necha kun davomida ekspert komissiyasi C.A.T. Science Accelerator Central Asia akseleratsiya dasturida qatnashish uchun Toshkent shahri va viloyatlardan 29 ta loyihani, Qirg\u2018izistondan bitta loyihani tanlab oldi. Asosiy e\u2019tibor hozirgi jamiyatning \u201cyashil\u201d texnologiyalar sohasidagi dolzarb muammolarini hal etishga, muqobil energiya manbalari, diagnostika va biotibbiyot, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog\u2018liq yangi materiallar va texnologiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan loyihalarga qaratildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">\u00a0 <img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"aligncenter wp-image-2960 \" src=\"http:\/\/bio.cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120186741_1281128825569985_2444344193108329949_o-1024x682-1.jpg\" alt=\"\" width=\"642\" height=\"428\" srcset=\"https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120186741_1281128825569985_2444344193108329949_o-1024x682-1.jpg 1024w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120186741_1281128825569985_2444344193108329949_o-1024x682-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120186741_1281128825569985_2444344193108329949_o-1024x682-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120186741_1281128825569985_2444344193108329949_o-1024x682-1-254x169.jpg 254w\" sizes=\"(max-width: 642px) 100vw, 642px\" \/><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">Akselerator faoliyat ko\u2018rsatgan yetti oy davomida ulkan ishlar amalga oshirildi, investorlar uchun Demo Day uning \u201ccho\u2018qqisi\u201dga aylandi. Asosiy faol faza karantin sharoitlariga to\u2018g\u2018ri keldi, shu munosabat bilan C.A.T. faoliyati ishga tushirilgan Accelerator.uz akseleratsiyasining onlayn-platformasi tufayli to\u2018liq onlayn formatga o\u2018tdi. Ushbu platforma onlayn-treninglarni, xorijiy spikerlar bilan vebinarlar va onlayn-konferentsiyalar formatida o\u2018tkazilgan sessiyalarni, jamoaviy treking va boshqa tadbirlarni tashkillashtirishda o\u2018rni bosilmaydigan vositaga aylandi.\u00a0 Startaplar tomonidan Ilg\u2018or Texnologiyalar Markazining laboratoriyalari bazasida ulkan ishlar hajmi bajarildi, Markaz yosh olimlarga tadqiqotlarni o\u2018tkazish uchun uskunalar va reaktivlarni taqdim etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\"> <img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"aligncenter wp-image-2961\" src=\"http:\/\/bio.cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/92573475_1141463189536550_7421518859728846848_n-1024x768-1.jpg\" alt=\"\" width=\"596\" height=\"447\" srcset=\"https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/92573475_1141463189536550_7421518859728846848_n-1024x768-1.jpg 1024w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/92573475_1141463189536550_7421518859728846848_n-1024x768-1-300x225.jpg 300w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/92573475_1141463189536550_7421518859728846848_n-1024x768-1-768x576.jpg 768w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/92573475_1141463189536550_7421518859728846848_n-1024x768-1-254x190.jpg 254w\" sizes=\"(max-width: 596px) 100vw, 596px\" \/><\/span><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">\u00a0C.A.T. Science Accelerator Central Asia dasturi startap-loyihalarning seminarlari, treninglari, mentorlik va interfaol sessiyalari va konsultatsiyalariga boy bo\u2018ldi. Spikerlar orasida fan, biznes, loyihalarni ishga tushirish, soliqqa tortish, moliya sohalaridagi mahalliy ekspertlarni hamda Buyuk Britaniya, Hindiston, Qozog\u2018iston va O\u2018zbekistonlik mentorlarni ko\u2018rish mumkin edi. Shuningdek birinchi C.A.T. Science Accelerator finalchilarining vebinarlari, taklif etilgan ekspertlar ishtirokida interfaol Mock Sales va Speed-mentoring sessiyalari, startaplarda sotuvlar bo\u2018yicha vebinarlar, biznes-rejalashtirish, taqdimotlarni tayyorlash bo\u2018yicha kurslar, ekspertlarning individual konsultatsiyalari va boshqa ko\u2018plab tadbirlar o\u2018tkazildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\"> <img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"aligncenter wp-image-2962\" src=\"http:\/\/bio.cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120246616_1281127758903425_3708108785955646886_o-1024x683-1.jpg\" alt=\"\" width=\"691\" height=\"461\" srcset=\"https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120246616_1281127758903425_3708108785955646886_o-1024x683-1.jpg 1024w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120246616_1281127758903425_3708108785955646886_o-1024x683-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120246616_1281127758903425_3708108785955646886_o-1024x683-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120246616_1281127758903425_3708108785955646886_o-1024x683-1-254x169.jpg 254w\" sizes=\"(max-width: 691px) 100vw, 691px\" \/><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">C.A.T. Science Accelerator Central akseleratori, GISTHub rezidenti bo\u2018lgani holda, GISTTechConnect dan foydalanish va jahon ekspertlari ishtirokidagi onlayn-translyatsiyalarda qatnashish imkoniga ega bo\u2018ldi, ularda ekspertlar startaplarni moliyalashtirish sohasidagi yangi tendentsiyalar va investorlarning strategik tanlovi haqida gapirib berdi. Xususan, Kremniy vodiysida faoliyat ko\u2018rsatuvchi spiker, Western Digital kompaniyasining injiniring bo\u2018yicha global direktori Erin Keeley akselerator jamoalari uchun vebinarlar seriyasini o\u2018tkazdi. Qozog\u2018istonlik spikerlar BCPD Ltd sheriklik markazining rahbari Diana Soy va Women In Tech Foundation rahbari Malika Janibek startaplarni moliyalashtirish bo\u2018yicha\u00a0 Speed Mentoring sessiyalaridan birini YouTube-translyatsiyalar formatida o\u2018tkazdi. Mahalliy ekspert Yevgeniya Son xizmatlar va tovarlar tannarxi va narxlarining shakllanishi haqida vebinarlar turkumini o\u2018tkazdi.<\/span><span style=\"font-weight: 400;\">\u00a0<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">12 ta jamoa finalgacha va o\u2018z ilmiy startap-loyihalarini Demo Day\u2019da hakamlar va investorlar oldida taqdim etish bosqichiga yetib bordi. Har bir jamoa o\u2018z loyihasining ulkan rivojlanish yo\u2018lini bosib o\u2018tdi, endi ular albatta loyihalarni ilgari surish va rivojlantirish bo\u2018yicha unumli faoliyatni davom ettirishi va ko\u2018lamlashtirilgan barqaror biznes darajasigacha yetib borishi kerak. 2020-yil 25 sentabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining yangi binosida C.A.T. Science Accelerator Central Asia tanlovining final bosqichi offlayn-formatda o\u2018tkazildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">\u00a0<\/span><span style=\"font-weight: 400;\">Finalgacha yetib borgan jamoalar o\u2018z loyihalarining taqdimotini o\u2018tkazdi, MVPni namoyish etdi va hakamlar hay\u2019atining savollariga javob berdi. Hakamlar hay\u2019ati tarkibida quyidagilarni ko\u2018rish mumkin edi:\u00a0 \u2014 Jamol Boboxonov \u2013 O\u2018zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligida texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish boshqarmasining boshlig\u2018i, Tatyana Shalunova \u2013 Profi Training biznes-maktabining asoschisi va uni rivojlantirish bo\u2018yicha direktor, Amir Obidov \u2013 olim, Lotus Engineering va CleanBox startaplarining asoschisi. Bundan tashqari, Demo Day\u2019da bo\u2018lg\u2018usi investorlar, biznes, fan va davlat organlarining vakillari ham qatnashdi, demak jamoalar o\u2018z loyihalari bo\u2018yicha qimmatli maslahatlar va izohlarni to\u2018plashga muvaffaq bo\u2018lishdi hamda foydali tanishuvlarga ega bo\u2018lishdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\"> <img decoding=\"async\" loading=\"lazy\" class=\"aligncenter wp-image-2963\" src=\"http:\/\/bio.cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120222379_1281126585570209_6018515116727408444_o-1024x683-1.jpg\" alt=\"\" width=\"687\" height=\"458\" srcset=\"https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120222379_1281126585570209_6018515116727408444_o-1024x683-1.jpg 1024w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120222379_1281126585570209_6018515116727408444_o-1024x683-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120222379_1281126585570209_6018515116727408444_o-1024x683-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/120222379_1281126585570209_6018515116727408444_o-1024x683-1-254x169.jpg 254w\" sizes=\"(max-width: 687px) 100vw, 687px\" \/><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">Hakamlar hay\u2019ati o\u2018z tanlovini amalga oshirdi, jamoalar bir xil ballni to\u2018plagani uchun g\u2018oliblar ko\u2018proq bo\u2018ldi. C.A.T. Science Accelerator Central Asia tanlovining ikkinchi raundi sovrindorlariga aylangan ilmiy startaplarni bajonidil va g\u2018urur bilan taqdim etamiz:<\/span><\/p>\n<p><strong>Birinchi o\u2018rinni ikkita jamoa o\u2018zaro bo\u2018lib oldi:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li><span style=\"font-weight: 400;\">DefuseIt (Qishloq xo\u2018jaligi uchun masofadan boshqariladigan suv tozalash filtrlari)<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-weight: 400;\">TumorOnTarget (PZR asosida HER2 onkomarkerining maqomini aniqlash metodi)<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-weight: 400;\">\u00a0<\/span><span style=\"font-weight: 400;\">Ikkinchi o\u2018rin ham ikkita jamoaga nasib etdi:<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-weight: 400;\">Logos (insultdan keyingi bemorlar uchun nutqni tiklash bo\u2018yicha o\u2018zbek tilidagi mobil ilova)<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-weight: 400;\">Innocense Bio (zararkunandalarga va o\u2018simlik kasalliklariga qarshi kurashish uchun biopreparatlar)<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">Uchinchi o\u2018rinni \u201cTish farishtalari\u201d (\u201c\u0417\u0443\u0431\u043d\u044b\u0435 \u0444\u0435\u0438\u201d) loyihasi oldi (bolalarda tish emali kasalligi asoratlarining oldini olish uchun gel).<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">Akselerator mentorlarining versiyasi bo\u2018yicha to\u2018rtta loyiha eng yaxshi sifatida tan olindi. Birinchi o\u2018rinni DefuseIt loyihasi, ikkinchi o\u2018rinni TumorOnTarget startapi egalladi, uchinchi o\u2018rinni esa jamoalar reytingida bir xil ball to\u2018plagan ikkita loyiha \u2013 BioCentric (okso-bioparchalanadigan plastikni ishlab chiqarish) va Innocens bio startaplari o\u2018zaro bo\u2018lib oldi.<\/span><\/p>\n<p><iframe loading=\"lazy\" src=\"https:\/\/www.youtube.com\/embed\/T_jMIxc966Y\" width=\"560\" height=\"315\" frameborder=\"0\" allowfullscreen=\"allowfullscreen\" data-mce-fragment=\"1\"><\/iframe><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\">Bu yil akselerator jamoalari Innovatsion rivojlanish vazirligining startaplar tanlovi doirasida investitsiyalar olishga ariza berishlari mumkin. grant miqdori 1,5 mlrd so\u2018mgacha bo\u2018lgan mablag\u2018ni tashkil qiladi!<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-weight: 400;\"><strong>C.A.T. Science Accelerator 2.0<\/strong> loyihasining tashkilotchisi: Ilg\u2018or Texnologiyalar Markazi StartupFactory.uz va Green Business Innovation kompaniyalari bilan hamkorlikda. Loyiha O\u2018zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ko\u2018magida amalga oshirilmoqda.<\/span>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2020-yil fevralida ilmiy loyihalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun C.A.T&#8230;.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2963,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[6],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2959"}],"collection":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2959"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2959\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2985,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2959\/revisions\/2985"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2963"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2959"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2959"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2959"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}