{"id":4666,"date":"2023-08-01T18:47:03","date_gmt":"2023-08-01T14:47:03","guid":{"rendered":"https:\/\/cat-sa.uz\/?p=4666"},"modified":"2023-08-01T18:47:03","modified_gmt":"2023-08-01T14:47:03","slug":"intervyu-s-komandoj-digital-twin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/intervyu-s-komandoj-digital-twin\/","title":{"rendered":"Jamoa bilan intervyu: &laquo;Digital Twin&raquo;"},"content":{"rendered":"<strong>Startapingizning asosiy missiyasi nimadan iborat, qanday maqsadlarga erishmoqchisiz<\/strong><strong>?<\/strong><strong><br \/>\n<\/strong><br \/>\n&laquo;Digital Twin&raquo; startapining asosiy missiyasi korxonalar va bizneslarning raqamli \u201cegizaklarini\u201d yaratishdan iborat. Biz ushbu korxonalarda ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini optimallashtirish va takomillashtirishga erishish uchun harakat qilyapmiz. Maqsadimiz \u2013 ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring qilish va optimallashtirish, resurslarni boshqarish va ish samaradorligini yaxshilash uchun\u00a0 ularga vositalarni taqdim etish.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Biz bizneslarga o\u2018z mahsuldorligini yaxshilashga, chiqimlarni kamaytirishga va mahsulotlar yoki xizmatlar sifatini oshirishga yordam beradigan innovatsion yechimni yaratishni istaymiz. Pirovardida, biz barcha korxonalar va bizneslar o\u2018z salohiyatini oshirishi va yuqori natijalarga erishishi uchun raqamli \u201cegizaklardan\u201d foydalana olishlariga intilyapmiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong> Raqamli \u201cegizaklar\u201d texnologiyasi qaysi sohalarda qo\u2018llanishi haqida gapirib bersangiz <\/strong><\/p>\n<p>Hozirda raqamli \u201cegizaklar\u201dni rivojlantirishning bir nechta yo\u2018nalishlarini belgilash mumkin:<\/p>\n<p><strong>Ishlab chiqarish<\/strong>: Raqamli \u201cegizaklar\u201d ishlab chiqarish tizimlari, uskunalar va jarayonlarning virtual modellarini yaratish uchun foydalaniladi. Ular virtual testdan o\u2018tkazish va optimallashtirish imkonini beradi, bu esa samaradorlikning oshishiga va xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Masalan, raqamli \u201cegizaklar\u201d avtomobil sanoatida avtomobillarni modellashtirish va ularning ko\u2018rsatkichlarini yaxshilash uchun foydalaniladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Arxitektura va qurilish<\/strong>: Bu sohada raqamli \u201cegizaklar\u201d binolar va infratuzilmaning virtual modellarini yaratishga yordam beradi. Ular arxitektorlar va muhandislarga virtual loyihalash, loyihalarni jismoniy amalga oshirishdan oldin tahlil qilish va testdan o\u2018tkazish imkonini beradi. Bunga Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasining qayta tiklanishini misol sifatida keltirish mumkin. O\u2018shanda Ubisoft kompaniyasi o\u2018zi avval yaratgan o\u2018yin yordamida ibodatxonaning raqamli nusxasini taqdim etgandi. Aynan shu UNESCO yodgorligining tarixiy qiyofasini tiklashning yagona imkoniyatiga aylandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Sog\u2018liqni saqlash<\/strong>. Raqamli \u201cegizaklar\u201d tibbiyotda bemorlar va tana a\u2019zolarining virtual modellarini yaratish uchun qo\u2018llanadi. Ular shifokorlarga operatsiyalarni virtual modellashtirish va rejalashtirish hamda yangi davolash metodlarini testdan o\u2018tkazish imkonini beradi. Masalan, raqamli \u201cegizaklar\u201d jarrohlikda murakkab operatsiyalardan oldin virtual mashq qilish uchun yoki jarrohlik aralashuvini individual rejalashtirish uchun qo\u2018llanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Transport <\/strong><strong>va<\/strong> <strong>logistika<\/strong>: Bu yerda raqamli \u201cegizaklar\u201ddan transport tarmoqlari, transport vositalari yoki yuklarning virtual modellarini yaratish uchun foydalaniladi. Ular yo\u2018nalishlarni optimallashtirish, yetkazib berish samaradorligini yaxshilash va logistika jarayonlarini boshqarish imkonini beradi. Masalan, raqamli \u201cegizaklar\u201ddan logistikada ombor amaliyotlarini virtual optimallashtirish yoki yetkazib berishlar zanjirini yaxshilash uchun foydalaniladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Energetika<\/strong>: Raqamli \u201cegizaklar\u201d energetika tizimlari va tarmoqlarining virtual modellarini yaratish uchun energetika tarmog\u2018ida ham qo\u2018llanadi. Ular energiya sarfini optimallashtirish, yuklamani prognozlash va energetika jarayonlarini boshqarish imkonini beradi. Masalan, raqamli \u201cegizaklar\u201ddan quyosh panellarining joylashuvini optimallashtirish va ularning unumdorligini prognozlash uchun quyosh energetikasida ham foydalaniladi.<\/p>\n\n\t\t<style type=\"text\/css\">\n\t\t\t#gallery-2 {\n\t\t\t\tmargin: auto;\n\t\t\t}\n\t\t\t#gallery-2 .gallery-item {\n\t\t\t\tfloat: left;\n\t\t\t\tmargin-top: 10px;\n\t\t\t\ttext-align: center;\n\t\t\t\twidth: 33%;\n\t\t\t}\n\t\t\t#gallery-2 img {\n\t\t\t\tborder: 2px solid #cfcfcf;\n\t\t\t}\n\t\t\t#gallery-2 .gallery-caption {\n\t\t\t\tmargin-left: 0;\n\t\t\t}\n\t\t\t\/* see gallery_shortcode() in wp-includes\/media.php *\/\n\t\t<\/style>\n\t\t<div id='gallery-2' class='gallery galleryid-4666 gallery-columns-3 gallery-size-large'><dl class='gallery-item'>\n\t\t\t<dt class='gallery-icon landscape'>\n\t\t\t\t<a href='https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/intervyu-s-komandoj-digital-twin\/photo_2023-05-24_19-22-05\/'><img width=\"1024\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-05-1024x1024.jpg\" class=\"attachment-large size-large\" alt=\"\" decoding=\"async\" loading=\"lazy\" srcset=\"https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-05-1024x1024.jpg 1024w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-05-300x300.jpg 300w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-05-150x150.jpg 150w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-05-768x768.jpg 768w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-05-190x190.jpg 190w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-05.jpg 1080w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a>\n\t\t\t<\/dt><\/dl><dl class='gallery-item'>\n\t\t\t<dt class='gallery-icon landscape'>\n\t\t\t\t<a href='https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/intervyu-s-komandoj-digital-twin\/photo_2023-05-24_19-22-09\/'><img width=\"1024\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-09-1024x1024.jpg\" class=\"attachment-large size-large\" alt=\"\" decoding=\"async\" loading=\"lazy\" srcset=\"https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-09-1024x1024.jpg 1024w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-09-300x300.jpg 300w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-09-150x150.jpg 150w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-09-768x768.jpg 768w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-09-190x190.jpg 190w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-09.jpg 1080w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a>\n\t\t\t<\/dt><\/dl><dl class='gallery-item'>\n\t\t\t<dt class='gallery-icon landscape'>\n\t\t\t\t<a href='https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/intervyu-s-komandoj-digital-twin\/photo_2023-05-24_19-22-14\/'><img width=\"1024\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-14-1024x1024.jpg\" class=\"attachment-large size-large\" alt=\"\" decoding=\"async\" loading=\"lazy\" srcset=\"https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-14-1024x1024.jpg 1024w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-14-300x300.jpg 300w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-14-150x150.jpg 150w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-14-768x768.jpg 768w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-14-190x190.jpg 190w, https:\/\/cat-sa.uz\/wp-content\/uploads\/photo_2023-05-24_19-22-14.jpg 1080w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/a>\n\t\t\t<\/dt><\/dl><br style=\"clear: both\" \/>\n\t\t<\/div>\n\n<p><strong>Startapni ishga tushirish jarayonida siz duch kelgan eng katta to\u2018siqlar nimadan iborat bo\u2018ldi, ularni qanday yengib o\u2018tdingiz?<\/strong><\/p>\n<p>Har bir startapda yengib o\u2018tilishi kerak bo\u2018lgan to\u2018siqlar bo\u2018ladi, biz duch kelgan to\u2018siqlarga to\u2018xtaladigan bo\u2018lsak, o\u2018quvchilarni hayron qoldirishimiz dargumon, lekin asosiylari \u2013 bu:<\/p>\n<ul>\n<li>Mablag\u2018 izlab topish;<\/li>\n<li>Loyihani texnik jihatdan ro\u2018yobga chiqarishni qayta ko\u2018rib chiqish;<\/li>\n<li>Mahsulotning qimmatli ekanini iste\u2019molchiga yetkazish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Jamoangizning har bir a\u2019zosi loyihada qanday rol o\u2018ynaydi? Ular loyihaga qanday ko\u2018nikmalar va tajribani olib kirmoqda?<\/strong><\/p>\n<p>Jamoada hozircha 4 kishi bor:<\/p>\n<p>1) Ozodbek \u2013 ishlab chiquvchi. U loyihaning texnik tomonini yaratish va qo\u2018llab-quvvatlash uchun mas\u2019ul, DT dasturlashtiradi va uni ishlab chiqadi, ma\u2019lumotlar bazalari bilan ishlaydi. U loyihaning funksi onalligi va uning texnik jihatdan amalga oshirilishi uchun javob beradi.<\/p>\n<p>2) Ilhom &#8211; grafik dizayner. Uning vazifasi \u2014 loyihaning vizual tarkibiy qismini yaratish. U vizual dizayn va grafik redaktorlar bilan ishlash ko\u2018nikmalariga ega. U maksimal o\u2018xshash virtual olamni yaratadi, u o\u2018zi yaratgan teksturadagi har bir tirnalgan joy va g\u2018adir-budirlikni biladi.<\/p>\n<p>3) Oqmurod &#8211; marketolog. U loyihani ilgari surish va foydalanuvchilarni jalb qilish uchun mas\u2019ul. U raqamli marketing, bozor tahlili, iste\u2019molchilar auditoriyasini tadqiq qilish, marketing strategiyalarini ishlab chiqish va reklama kampaniyalarini boshqarish bo\u2018yicha ekspert. U loyihaning marketing strategiyasini yaratish va amalga oshirish uchun javob beradi.<\/p>\n<p>4) Ivan &#8211; menejer. U jamoa faoliyatini umumiy muvofiqlashtirish va loyihani boshqarish uchun mas\u2019ul. Uning faoliyat sohasi ishni tashkillashtirish, rejalashtirish va kommunikatsiyalardan iborat. U muddatlar va ustuvorlikni belgilash, vazifalarni taqsimlash, buyurtmachilar bilan muloqot qilish va loyiha oldiga qo\u2018yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish uchun javob beradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong> Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayotganingiz va jamoaga mentorlikdan qanday yordam kerakligi haqida gapirib bersangiz?<\/strong><\/p>\n<p>Biz loyihamizni rivojlantirishni tezlashtirish maqsadida qimmatli maslahatlar, rahbarlik va ekspertiza olish uchun akselerator mentorlari bilan ishlaymiz. Biz loyihaning barcha mentorlari tadbirkorlik, texnologiyalar va biznes sohasida boy tajribaga ega ekanidan va ularning bilimlari bizga to\u2018siqlarni yengib o\u2018tishga hamda strategik qarorlarni qabul qilishga yordam berayotganidan mamnunmiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Mentorimiz \u2014 Akmal Salixov, unga minnatdorchilik bildiramiz, u bizga quyidagilar borasida yordam bermoqda.<\/p>\n<p>Birinchidan, bozorni va biz faoliyat ko\u2018rsatayotgan tarmoqni yaxshi tushunishimizga yordam berdi. Ikkinchidan, muvaffaqiyatga olib boruvchi ustuvorliklarni belgilashga ko\u2018maklashdi. U o\u2018z tajribasi bilan o\u2018rtoqlashib, bizga qo\u2018yilgan maqsadlarga erishish uchun amaliy maslahatlarni taqdim etdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Umuman olganda, mentorlardan olinayotgan yordam \u2013 bebaho. Biz mentorlarimizning ekspertizasini qadrlaymiz, ular bizga loyihamizni rivojlantirishga va barqaror o\u2018sishga erishishimizga yordam bermoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Raqamli \u201cegizaklarni\u201d yaratish texnologiyangiz nimasi bilan bozorda faoliyat ko\u2018rsatayotgan mavjud shunday yechimlardan farq qiladi?<br \/>\n<\/strong><br \/>\nRaqamli \u201cegizaklar\u201dni yaratish texnologiyamiz boshqa yechimlardan bir nechta muhim jihati bilan farq qiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Birinchidan, biz modellashtirishning haqqoniyligi va aniqligiga urg\u2018u beramiz. Jamoamiz obyektlar va tizimlarni diqqat bilan o\u2018rganadi, xatti-harakatlarni aniq aks ettiruvchi\u00a0 batafsil modellarni yaratadi. Biz real ma\u2019lumotlarni tahlil qilamiz va obyektlarning virtual ishini aks ettirish uchun ilg\u2018or algoritmlardan foydalanamiz. Bu bizga xatti-harakatlarni real vaqtda yuqori darajada haqqoniylik bilan bashorat qilish va modellashtirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, biz platformamiz moslashuvchan va kengayuvchan bo\u2018lishiga intilamiz. Dasturiy ta\u2019minotimiz modulli arxitekturaga ega bo\u2018lib, bu uni boshqa tizimlar bilan oson integratsiyalashni va uning funksi onalligini kengaytirishni ta\u2019minlaydi. Shuningdek, biz platformamiz dolzarb va samarali bo\u2018lib qolishi uchun raqamli \u201cegizaklar\u201d sohasidagi eng yangi texnologiyalarni faol tadqiq qilamiz va joriy etamiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Va nihoyat, biz foydalanuvchilik tajribasiga katta e\u2019tibor qaratamiz. Dasturiy ta\u2019minotimiz intuitiv tarzda tushunarli interfeysga ega bo\u2018lib, vizuallashtirish va ma\u2019lumotlarni tahlil qilish uchun mo\u2018ljallangan vositalarning keng to\u2018plamini taqdim etadi. Shuningdek, biz mijozlarimiz texnologiyamizdan maksimal samarali foydalana olishi uchun ularga ta\u2019lim va ko\u2018mak xizmatlarini taqdim etamiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Ushbu omillarning hammasi birgalikda raqamli \u201cegizaklar\u201dni yaratish texnologiyamizni bozorda raqobatbardosh qiladi va bizga boshqa yechimlar oldida ustunlikni ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong> O\u2018z faoliyatida raqamli \u201cegizaklar\u201ddan foydalanadigan kompaniyalar konkret qanday afzalliklarga ega bo\u2018ladi?<\/strong><\/p>\n<p>Raqamli \u201cegizaklar\u201ddan foydalanadigan kompaniyalar olishi mumkin bo\u2018lgan bir nechta konkret afzallik mavjud:<\/p>\n<p>1) Yangi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish va sinovdan o\u2018tkazishga ketadigan vaqt va xarajatlarning kamayishi. Raqamli \u201cegizaklar\u201d turli stsenariylarni modellashtirish va simulyatsiyalash imkonini beradi, bu esa kompaniyalarga ehtimoliy muammolarni oldindan ko\u2018ra olishga va mahsulotlarni ishlab chiqish bosqichida optimallashtirishga yordam beradi.<\/p>\n<p>2) Ishlab chiqarish jarayonlari va amaliyotlari samaradorligining oshishi. Kompaniyalar muammoli joylarni aniqlashi va ish jarayonlarini optimallashtirishi mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>3) Mijozlik tajribasining yaxshilanishi. Raqamli \u201cegizaklar\u201d mijozlarning ehtiyojlarini oldindan bilib olish va ularga qo\u2018shimcha mahsulotlar yoki xizmatlarni taklif etish imkonini beradi, bu esa xizmat ko\u2018rsatish darajasini va mijozlarning qoniqish darajasini yaxshilaydi.<\/p>\n<p>4) Xavfsizlikning yaxshilanishi va muammolarning aniqlanishi. Raqamli \u201cegizaklar\u201d kompaniyalarga ehtimoliy zaifliklarni real amaliyotlarni to\u2018xatib qo\u2018yish zaruratisiz aniqlash imkonini beradi. Shu tarzda kompaniyalar muammolarga tezroq javob reaktsiyasini ko\u2018rsatishi va xavfsizlikni oshirish uchun choralar ko\u2018rishi mumkin.<\/p>\n<p>5) Xatarlarning sezilarli darajada kamayishi. Raqamli \u201cegizaklar\u201d kompaniyalarga turli tajribalar va simulyatsiyalarni o\u2018tkazish imkonini beradi, bu esa ehtimoliy muammolarni oldindan ko\u2018ra bilishga va bo\u2018lg\u2018usi qarorlar yoki startegiyalar bilan bog\u2018liq xatarlarni baholashga yordam beradi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Umuman olganda, kompaniyalar faoliyatida raqamli \u201cegizaklar\u201ddan foydalanish ularga o\u2018z jarayonlarining samaradorligini, innovatsionliligini va xavfsizligini oshirish hamda vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish imkonini yaratadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong> Yaqin kelajakda raqamli <\/strong><strong>\u201cegizaklar\u201d texnologiyasi qanday rivojlanadi deb o\u2018ylaysiz, uni yaxshilash va kengaytirish borasida kompaniyangizning qanday rejalari bor?<\/strong><\/p>\n<p>Yaqin yillarda raqamli \u201cegizaklar\u201d texnologiyasining rivoji juda tez va shiddatli bo\u2018ladi. AR va VR tizimlarining rivojlanishi hamda yirik kompaniyalarning o\u2018zaro munosabatlar vositalarini va qo\u2018llash muhitini yaratishdan manfaatdorligi bu soha va bozorning rivojlanishini tezlashtiradi xolos.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Biz raqamli \u201cegizaklar\u201dni yaratish jarayonini yaxshilashga, uni aniqroq va samaraliroq qilishga intilyapmiz. Biz professional jihatdan o\u2018sishga va jamoani kengaytirishga harakat qilyapmiz, bu kelgusida raqamli \u201cegizaklar\u201ddan foydalanish chegaralarini kengaytirishimizga, ularni turli sohalarga joriy etishimizga yordam beradi. Shuningdek, biz raqamli \u201cegizaklar\u201d bilan oson va intuitiv tarzda o\u2018zaro aloqa qilish uchun foydalanuvchilik tajribasini va iloji boricha foydali ma\u2019lumotlarni olishni yengillashtirishga intilyapmiz. Kelgusida raqamli \u201cegizaklar\u201d faoliyatiga sun\u2019iy intellektni va mashina ta\u2019limini joriy etish ham ustuvor yo\u2018nalishimizga aylanadi.<\/p>\n<p>Maqsadimiz \u2014 tashkilotlarga o\u2018z faoliyatida ushbu texnologiyani joriy etishda innovatsion yechimlarni taklif qilgan va bu borada yordam bergan holda, raqamli \u201cegizaklar\u201dning yetakchi ishlab chiquvchilari va yetkazib beruvchilaridan biriga aylanish.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Maqsadimiz \u2014 tashkilotlarga o\u2018z faoliyatida ushbu texnologiyani joriy etishda innovatsion yechimlarni taklif qilgan va bu borada yordam bergan holda, raqamli \u201cegizaklar\u201dning yetakchi ishlab chiquvchilari va yetkazib beruvchilaridan biriga aylanish.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4667,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[6],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4666"}],"collection":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4666"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4666\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4671,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4666\/revisions\/4671"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4667"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4666"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4666"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4666"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}