{"id":4744,"date":"2023-09-18T13:39:44","date_gmt":"2023-09-18T09:39:44","guid":{"rendered":"https:\/\/cat-sa.uz\/?p=4744"},"modified":"2023-10-03T09:21:32","modified_gmt":"2023-10-03T05:21:32","slug":"intervyu-s-komandoj-dr-snails","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/intervyu-s-komandoj-dr-snails\/","title":{"rendered":"Jamoa bilan intervyu: &laquo;Dr. Snails&raquo;"},"content":{"rendered":"<strong>Startapi<\/strong><strong>ngizning<\/strong> <strong>asosiy maqsadi nim<\/strong><strong>a,<\/strong> <strong>u<\/strong><strong>ning yordamida<\/strong> <strong>nimaga erish<\/strong><strong>moqchisiz<\/strong><strong>?<\/strong><\/p>\n<p>Startapimizning maqsadi shilliqqurtlardan krem va ko\u2018piklar yaratishda foydalanish. O\u2018zbekiston aholisining 10 foizi teri muammolari bo\u2018yicha mutaxassislarga murojaat qilishini hisobga olgan holda, biz yiliga 20 mingdan 100 minggacha mahsulot ishlab chiqarish, ish o\u2018rinlari yaratish va mahsulotlar turini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz.<\/p>\n<p><strong>Startapingiz bozordagi raqobatchilar<\/strong><strong>niki<\/strong><strong>dan <\/strong><strong>nimasi bilan<\/strong> <strong>farq qiladi? Raqobatbardosh ustunligingizni qanday saqlab qolishni rejalashtiryapsiz?<\/strong><\/p>\n<p>Bizning asosiy raqobatchilarimiz Janubiy Koreya, AQSh, Fransiya va Rossiyada ishlab chiqariladigan, tarkibida shilliqqurtlar tuxumi va shilimshig\u2018i mavjud bo\u2018lgan krem va ko\u2018piklar hisoblanadi. Biz ularga nisbatan tabiiy, arzon hamda har qanday teri turi uchun mos keladigan, yallig\u2018lanishga qarshi ta\u2019sirga ega, vitaminlarga boy mahsulotlarni taklif etish orqali o\u2018z ustunligimizni saqlab qolmoqchimiz.<\/p>\n<p><strong>Shilliqqurtlar kremi <\/strong><strong>har<\/strong> <strong>xil teri turlariga, jumladan <\/strong><strong>ta\u2019sirchan<\/strong> <strong>va muammoli teriga qanday ta\u2019sir ko\u2018rsatadi?<\/strong><\/p>\n<p>Bizning shilliqqurtlar shilimshig\u2018idan yaratilgan kremimiz 99% kollagenni saqlaydi, bu esa terining tarangligi va yosharishiga yordam beradi. Unda shuningdek AHA (alfa-gidroksikislota), BHA (beta-gidroksikislota) va PHA (poligidroksikislota) mavjud bo\u2018lib, ular teriga ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatadi. Mahsulot samarali namlantiradi, yuzdagi ajinlarni yo\u2018qotadi (shu jumladan uzum kislotasidagi AHA orqali), terining chuqur qatlamlariga kirib yallig\u2018lanishga qarshi ta\u2019sir ko\u2018rsatadi (atsetilsalitsil kislotadagi BHA orqali), shuningdek qarishni sekinlashtiradi va glyukon kislotasi orqali terini tiniqlashtirishga yordam beradi.<\/p>\n<p><strong>Shilliqqurtlar kremi<\/strong><strong>ning<\/strong> <strong>ta\u2019sirini kuchaytirish uchun qanday tabiiy <\/strong><strong>komponent<\/strong><strong>lardan foydalanmoqchisiz?<\/strong><\/p>\n<p>Biz o\u2018z kremimizni uzum urug\u2018ining yog\u2018i va bodom yog\u2018idan iborat aralashma, shuningdek suv kabi tabiiy komponentlar asosida tayyorlaymiz. Muhim qo\u2018shimchalar qatorida A va E vitaminlari hamda yallig\u2018lanishga qarshi xususiyatga ega bo\u2018lgan atsetilsalitsil kislota mavjud. Ana shu tabiiy komponentlar va vitaminlarning noyob kombinatsiyasi bizning kremimiz samarasini oshiradi va tezlashtiradi.<\/p>\n<p>Kremimiz tabiiy komponentlardan foydalanilgani uchun hidsiz. Turli xil aromatizatorlar keltirib chiqarishi mumkin bo\u2018lgan allergik reaktsiyalarni inobatga olgan holda, biz tabiiy bodom essentsiyalaridan foydalanamiz.<\/p>\n<p><strong>Mahsulotingizdan foydalanish bo\u2018yicha tadqiqotlar o\u2018tkazdingizmi<\/strong><strong>,<\/strong> <strong>foydalanuvchilar<\/strong><strong> bilan teskari aloqani yo\u2018lga qo\u2018ydingizmi<\/strong><strong>?<\/strong><\/p>\n<p>Bizda mahsulot ishlab chiqarish va undan foydalanish bo\u2018yicha 5 yillik boy tajriba mavjud. Hozirda faxrlanib aytishimiz mumkinki, mahsulotimiz bir qator teri muammolarini hal qilishda o\u2018z samaradorligini isbotladi. Mijozlarimiz ushbu mahsulotni ayniqsa yuzdagi akneni davolashda, tug\u2018ruqdan so\u2018ng paydo bo\u2018ladigan pigment dog\u2018larni yo\u2018qotishda va quyosh nuri ta\u2019siridagi pigmentlanishni bartaraf etishda, shuningdek mimik ajinlarni qisqartirishda juda foydali deb hisoblashmoqda.<\/p>\n<p>Mahsulot sifatining muhim ko\u2018rsatkichlaridan biri shuki, bir marta sinab ko\u2018rgan mijoz, unga qayta-qayta murojaat qilmoqda.<\/p>\n<p><strong>Shilliqqurtlar ekstrakti<\/strong><strong>ni<\/strong> <strong>yig\u2018ish va qayta ishlash jarayoni haqida ma\u2019lumot bera olasizmi? Bu jarayonning axloqiy va barqaror tomonlarini qanday ta\u2019minlayapsiz?<\/strong><\/p>\n<p>Biz \u201cAchatina retlika\u201d turidagi uy shilliqqurtlarini juftlikda muvaffaqiyatli tarzda ko\u2018paytirmoqdamiz va ular uchun qulay yashash sharoitlarini yaratib beryapmiz. Ularning oziqlanish ratsioniga qovun, bodring, banan, salat va gammaruslar kiradi. Sog\u2018ligini saqlash maqsadida ularga muntazam ravishda kaltsiy berib boramiz. Shuningdek, haftasiga ikki marta shilliqqurtlar suviga profilaktik maqsadda trixopol va metronidazol bilan ishlov beramiz. Bu shilliqqurtlarda paydo bo\u2018lishi mumkin bo\u2018lgan kasalliklarning oldini olishga yordam beradi, chunki bunday kasalliklar ishtaha yo\u2018qolishi va tuxum qo\u2018yish qobiliyatining pasayishi ko\u2018rinishida namoyon bo\u2018lishi mumkin. Shu bilan birga, tabiiy sharoitdagi kabi hamda maxsus sharoitlar yaratib, yangi naslni tuxumdan ko\u2018paytirish haqida ham qayg\u2018uryapmiz.<\/p>\n<p><strong>Mijozlarga mahsulotingiz<\/strong><strong>ning<\/strong> <strong>samaradorligini qanday isbotlaysiz? Klinik tadqiqotlar o\u2018tkazdingizmi yoki foydalanuvchilar<\/strong><strong> bilan q<\/strong><strong>anday <\/strong><strong>teskari aloqani<\/strong> <strong>oldingiz?<\/strong><\/p>\n<p>Biz mahsulotlarimizning tabiiy va xavfsiz ekanini tasdiqlaymiz. Hozirgacha 2800dan ortiq mijozimiz mahsulotlarimizni baholashga ulgurdi. 5 yillik ish tajribamiz davomida yuqori ta\u2019sirchanlikka ega bo\u2018lgan mijozlarda ham shilliqqurtlar ekstraktidan tayyorlangan kremimiz ijobiy samara ko\u2018rsatishini isbotladik, ya\u2019ni quruqlik va qichishish yo\u2018qoldi. Yetkazilgan zarar haqida hech qanday ma\u2019lumot olmadik. Mahsulotlar klinikagacha bo\u2018lgan tadqiqotlardan o\u2018tkaziladi, ular tashqi qo\u2018llash uchun mo\u2018ljallangan.<\/p>\n<p><strong>Startapni ishga tushirish jarayonida qanday qiyinchiliklarga duch keldingiz va ularni qanday yengib o\u2018tdingiz?<\/strong><\/p>\n<p>Startapni ishga tushirishda C.A.T. Science Accelerator ustozlarining yordami juda katta bo\u2018ldi. Barcha paydo bo\u2018lgan qiyinchiliklarni o\u2018zaro maslahatlashib hal qildik. Shuning uchun buni eng katta qiyinchilik deb aytib bo\u2018lmaydi. Ularning yordamida firma belgisini tanladik, yanada ko\u2018proq mijozlarni jalb qildik, mahsulot dizaynini yaxshiladik. Hozirda mahsulotni nafaqat Toshkentga, balki Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlariga ham yetkazib bermoqdamiz.<\/p>\n<p><strong>Jamoan<\/strong><strong>gizning har bir a\u2019zosi <\/strong><strong>loyihada <\/strong><strong>qanday rol o\u2018ynaydi? Ular loyihaga qanday ko\u2018nikma va tajribalarni olib kirmoqda?<br \/>\n<\/strong><\/p>\n<p>Bizning jamoamiz uch kishidan iborat:<\/p>\n<ul>\n<li>Loyiha rahbari &#8211; O\u2018rinova Dilnoza Jahongirovna. 5 yillik tajribaga ega kosmetolog-texnolog. Laboratoriya sharoitida krem va ko\u2018piklar ishlab chiqarish bilan shug\u2018ullanadi.<\/li>\n<li>Texnolog yordamchisi &#8211; O\u2018rinova Barchinoy Jahongirovna. Shilliqqurtlarni parvarishlash bo\u2018yicha mutaxassis.<\/li>\n<li>Marketolog &#8211; Sharipov Azamat.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Ilg\u2018or Texnologiyalar Markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?<\/strong><\/p>\n<p>Biz tayyorlangan krem va ko\u2018piklar sifatini baholash uchun uskunalardan foydalanishni rejalashtirganmiz. Sababi, kremlar tarkibida vitaminlar, glitserin va atsetilsalitsil kislota mavjud. Ularning sifati va miqdorini aniqlash muhim.<\/p>\n<p><strong>Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayapsiz<\/strong><strong>,<\/strong> <strong>jamoan<\/strong><strong>gizga <\/strong><strong>qanday <\/strong><strong>mentorlik <\/strong><strong>\u00a0<\/strong><strong>yordam<\/strong><strong>i<\/strong> <strong>kerak?<\/strong><\/p>\n<p>Endi akselerator ustozlari tufayli mahsulotimizni rivojlantirish uchun ko\u2018proq bilim va ko\u2018nikmalarga ega bo\u2018ldik. Shuningdek, kelajakda Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligidan grant mablag\u2018larini olishni rejalashtiryapmiz. Ushbu mablag\u2018larni ishlab chiqarish jarayonini yo\u2018lga qo\u2018yish va mahsulotimizni targ\u2018ib qilish uchun sarflaymiz.<\/p>\n<p><strong>Kelajakda startapingiz uchun qanday rejalaringiz bor? Qanday yangi mahsulotlarni joriy qilishni rejalashtiryapsiz?<\/strong><\/p>\n<p>Kelgusida shilliqqurtlarning tuxumi va shilimshig\u2018idan tayyorlangan plastirlar, niqoblar, namlantiruvchi dokachalar, spreylar, losyonlar va toniklar ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.<\/p>\n<p>&nbsp;","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Startapimizning maqsadi shilliqqurtlardan krem va ko\u2018piklar yaratishda foydalanish.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4745,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[6],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4744"}],"collection":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4744"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4744\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4747,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4744\/revisions\/4747"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4745"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4744"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4744"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4744"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}