{"id":4771,"date":"2023-10-10T16:01:41","date_gmt":"2023-10-10T12:01:41","guid":{"rendered":"https:\/\/cat-sa.uz\/?p=4771"},"modified":"2023-10-11T16:19:47","modified_gmt":"2023-10-11T12:19:47","slug":"intervyu-s-komandoj-lifeco","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/intervyu-s-komandoj-lifeco\/","title":{"rendered":"Jamoa bilan intervyu: &laquo;Lifeco&raquo;"},"content":{"rendered":"<strong>1. Sholidan idish tayyorlashga ixtisoslashgan startapni yaratish uchun ilhomni qayerdan oldingiz?<\/strong><\/p>\n<p>Men tug\u2018ilgan Gurlan tumanida eng asosiy ekin bu sholichilikdir. Esimni tanigandan beri sholi yetishtirish bilan shugullanaman.Shu bois sholining barcha jarayonlarini, xususiyatlarini, navlarini yaxshi tushunaman. 2019-yildan buyon guruch savdosi bo\u2018yicha korxona tashkil etib korxona va tashkilotlarga ulgurji narxda yetkazib berish bilan shug\u2018ullanib kelmoqdaman. Bu loyihaga qo\u2018l urushimning 2 ta sababi bor.<\/p>\n<p>Birinchisi. Plastik muammosi. Bu butun dunyo muammosi bo\u2018lib hozirda barcha davlatlar bunga yechim qidirishga kirishgan. Bu yo\u2018nalishda yetakchi davlatlar Xitoy, Hindiston va Germaniyani aytishimiz mumkin. O\u2018zbekistonda esa bu sohada hali birorta loyiha amalga oshirilmagan. Meni maqsadim bu yo\u2018nalishni rivojlanitirish orqali O\u2018zbekistonda plastik muammosiga ajoyib yechim berish.<\/p>\n<p>Ikkinchisi.Sholi ekinligi shunaqangi noyob o\u2018simlikki undan judayam ko\u2018p mahsulotlar olsa bo\u2018ladi. Ko\u2018plab sohalarda ishlatsa bo\u2018ladi. Bizda sholi va guruchni qayta ishlash umuman yo\u2018q bo\u2018lib oshga guruchini ishlatamiz, kepagini molga beramiz tamom.Agar buni qayta ishash yo\u2018lga qo\u2018yilsa juda qimmat mahsulotlar olish mumkin va ushbu sohani yanada rivojlantirish mumkin.<\/p>\n<p><strong>2. Sholidan tayyorlangan idishlaringiz boshqa materiallardan tayyorlangan an\u2019anaviy idishlar bilan solishtirganda qanday afzalliklarni taklif etadi?<\/strong><\/p>\n<p>Ularga qaraganda chidamli va zararsiz. Narx jihatidan ham ancha arzon<\/p>\n<p><strong>3. Idishingizda tabiiy sholi mahsulotining foizi qanchaligi va ishlab chiqarishda yana qanday komponentlardan foydalanishingiz haqida ma\u2019lumot bera olasizmi?<\/strong><\/p>\n<p>Mahsulotdan 75-80% sholi qobig\u2018i\u00a0 kukuni, 15% makkajo\u2018xori va kartoshka kraxmali, 5 % tabiiy yelim.<\/p>\n<p><strong>4<\/strong><strong>. Startapingiz bozordagi raqobatchilaringiznikidan nimasi bilan farq qiladi?<\/strong><\/p>\n<p>Hech bir jihatidan plastik idishlardan qolishmaydi. Asosiy farq qiladigan tomoni idishimiz tabiatga umuman zararsiz, tabiatda tez parchalanib chirindiga aylanib ketishidir.<\/p>\n<p><strong>5. Startapni ishga tushirish jarayonida siz duch kelgan eng katta to\u2018siqlar nimadan iborat bo\u2018ldi, ularni qanday yengib o\u2018tdingiz? <\/strong><\/p>\n<p>Uskunasi va ishlab chiqarish texnologiyasini topishda qiyinchilik bo\u2018ldi. 3 oy internetda izlab kerakli malumotlar va uskunalarni topdim. Uskuna egalari bilan gaplashdim. Ulardan uskuna haqida to\u2018liq ma\u2019lumot oldim.<\/p>\n<p><strong>6. Jamoangizning har bir a\u2019zosi loyihada qanday rol o\u2018ynaydi?<\/strong><\/p>\n<p>Loyiha rahbari ya\u2019ni loyihaning barcha jarayonida bevosita o\u2018zim qatnashaman. Hujjatlar bilan ishlash, moliyaviy ishlarni hal etish, uskunalarni topish va ular bilan gaplashish, jamoani yig\u2018ish. Tadbirlarda va o\u2018quv seminarlarida qatnashish. Bu loyiha rivojlangani sayin vazifalar tegishli xodimlarni ishga olib ularga yuklatiladi.<\/p>\n<p>O\u2018razmetov Ravshan texnolog. Loyihada idishlarni yasash va ularni tarkibini o\u2018rganish vazifasini bajaradi. Qanday birikmalarni qo\u2018shsa idishlar mustahkam bo\u2018lishini o\u2018rganish va tajriba qilish ishlarini qiladi.<\/p>\n<p>Sabirov Doston marketolog. Bozorni o\u2018rganadi. Plastik idishlar ishlab chiqaruvchilarni o\u2018rganadi. Qanday assortimentdagi tovarlar yaxshi ketishi va qaysi tarmoqlar orqali sotish kerakligi bo\u2018yicha ish olib boradi.<\/p>\n<p><strong>7. Ular loyihaga qanday tajriba va ko\u2018nikmalarni olib kiryapti?<\/strong><\/p>\n<p>Hozirda hammamiz bir jamoa bo\u2018lib o\u2018zlarimizni tajribalarimizni qo\u2018shgan holda loyihani rivojlantirishga yo\u2018naltirmoqdamiz.<\/p>\n<p><strong>8. Ilg\u2018or texnologiyalar markazining laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?<\/strong><\/p>\n<p>Mahsulotlarimizni sinovdan o\u2018tkazishni reja qilyapmiz. U yerdagi mutaxassislar bilan yangi ishlanmalar ustida ish olib borish.<\/p>\n<p><strong>9. Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayotganingiz haqida gapirib bersangiz. Jamoangizga mentorlikdan qanday yordam zarur?<\/strong><\/p>\n<p>Menga biriktirilgan mentor Akmal Salixov. Akmal aka juda kuchli mutaxasis va o\u2018zi loyihalarni yo\u2018lga qo\u2018yib rivojlantirganligi va bu yo\u2018lda asosiy to`siqlar haqida tavsiyalar berdi. Menga foydali bo\u2018lgan eng zo\u2018r maslahatlaridan biri Xitoydan aynan shu turdagi mahsulotni olib kelib sotib ko\u2018rish kerak, shunda bozor talabi aniq bo\u2018ladi degan fikrni berdilar. Idishlarni qilish bo\u2018yicha ham o\u2018zimiz ham shu yerda maxsus formula asosida idishlarni chiqarish kerakligi faqat Xitoyni formulasiga qarab qolmosligini aytdilar. Akmal aka men uchun juda foydali bo\u2018ldilar.U kishiga katta rahmat.<\/p>\n<p><strong>10. Yangi mahsulotlarni rivojlantirish yoki mavjudlarini takomillashtirish borasida kelajak rejalaringiz qanday?<\/strong><\/p>\n<p>Yuqorida aytganimdek sholi qobig\u2018idan juda ko\u2018p mahsulot olsa bo\u2018ladi. Keyingi rivojlanish rejalarimiz undan ro\u2018zg\u2018orda ishlatiladigan ko\u2018p martalik taxtakash, tarelkalar, kosalar va boshqa buyumlar. Keyingi rejalashtirgan katta yo\u2018nalishimiz qurulish materiallari bo\u2018lmish DSP, DVP va MDF panellar ishlab chiqarish rejalashtirganmiz. Bunda Hindiston tajribasini o\u2018rganib kelish rejalashtiriklgan.<\/p>\n<p><strong>11. Sholidan tayyorlangan idishingizni utilizatsiya qilish va uning utilizatsiya sikli qanday amalga oshiriladi?<\/strong><\/p>\n<p>Utilizatsiya qilish haqida aytadigan bo\u2018lsak bizning mahsulotlarimizni bemalol dalalarga tashlash mumkin, o\u2018rtacha 10-30 kun ichida to`liq chirindi o\u2018g\u2018itga aylanib ketish xususiyati bor.","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2019-yildan buyon guruch savdosi bo\u2018yicha korxona tashkil etib korxona va tashkilotlarga ulgurji narxda yetkazib berish bilan shug\u2018ullanib kelmoqdaman.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4772,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[6],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4771"}],"collection":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4771"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4771\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4774,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4771\/revisions\/4774"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4772"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4771"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4771"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/cat-sa.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4771"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}