Yangiliklar

14-oktyabr kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida C.A.T. Science Accelerator 5.0. ilmiy startaplar akseleratorining Demo Kuni o‘tkazildi.

Tadbirni Shaxlo Utkurovna Turdikulova, O‘zbekiston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari, Ilg‘or texnologiyalar markazining direktori ochib berdi.

Akselerator 5 yildan beri o‘tkazilmoqda, bugun o‘z loyihalarini va ilmiy ishlanmalarining prototiplarini 12 ta startap taqdim etdi.

Akselerator an’anasiga ko‘ra, biz ikki nominatsiya bo‘yicha sovrinlarni topshirdik:

– Hamkam ekspertlarning versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar;
– Akselerator mentorlari va akseleratsiya platformasining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar.

G‘oliblarni tabriklaymiz!

Hakamlar versiyasi bo‘yicha g‘oliblar:

– Qodirovlar gidronasosi — suv oqimida elektr va issiqlik energiyasisiz ishlaydigan nasos;
-EctoProtez — yuz-jag‘ sohasidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun ektoprotezlarni ishlab chiqarish;
-Dr. Snails — shilliqqurt ekstrakti (mutsin) asosida tayyorlangan yuz uchun kremni ishlab chiqarish.

Ushbu g‘olib loyihalarning har biri vazirlikdan 100 mln so‘mdan moliyaviy mablag‘ oladi.

Akselerator mentorlarining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar:
– Belisso Cosmetics — sabzi ekstrakti asosida tayyorlanadigan yuz uchun kremni ishlab chiqarish;
– Alter Heating Technologies — isitish uchun qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan avtomat qozonlarni ishlab chiqarish;
-Dr. Snails — shilliqqurt shirasi asosida tayyorlanadigan yuz uchun kremni ishlab chiqarish.

Jamoalarning loyihalarini baholagan va ularga o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan hakam ekspertlarga minnatdorchilik bildiramiz!

– Shaxlo Utkurovna Turdikulova, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari, Ilg‘or texnologiyalar markazining direktori;
– Muzaffar A’zamov, O‘zbekiston Elektron tijorat uyushmasining raisi;
– Nodira Muxammadkulova, Xalqaro istiqbolli tadqiqotlar institutining Energetik geosiyosat markazi rahbari;
– Alisher Abdullayev, ITM biotexnologiyalar laboratoriyasining mudiri;
– Farrux Maksumov, Plug and Play Uzbekistan xalqaro akseleratorida hamkorlar bilan ishlash bo‘yicha menejer;
– Akmal Salixov, Vronica kompaniyasining asoschisi, startaplar mentori va trekeri.

12 ta finalchi jamoaning hammasini tabriklaymiz va ular o‘z loyihalarini rivojlantirishda davom etishlariga hamda barqaror biznesni yaratib, uni ko‘lamlashtira olishlariga umid qilamiz! Eslatib o‘tamiz, akseleratorning barcha loyihalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining startaplar tanlovi doirasida moliyalashtirish bo‘yicha ariza berishlari mumkin.

Все новости