Yangiliklar

15-sentyabr kuni Ilg‘or Texnologiyalar Markazida C.A.T. Science Accelerator Biotech 3.0 dasturining Demo Kuni o‘tkazildi

Aytish joizki, ilmiy loyihalar startap-akseleratsiyasi dasturi uchinchi bor o‘tkazilmoqda, bu safar e’tibor biotexnologiyalar sohasiga qaratildi.

Demo Kunda Toshkent, Termiz, Farg‘ona, Urganchdan 8 ta startap o‘z loyihasini taqdim etdi. Bugun biz ikki nominatsiya bo‘yicha sovrinlarni topshirdik:

📍Hakamlar hay’atining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar;
📍Akselerator mentorlarining va akseleratsiya platformasining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar.

 

G‘oliblarni tabriklaymiz!

Hakamlar hay’atining versiyasi bo‘yicha:

🥇IZOFULL — issiqlikni izolyatsiyalovchi energiya samarali suyuq qoplamalarni ishlab chiqarish;

🥈Ideal-polimer — tuproq sho‘rlanishining oldini olish va uni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan polimer kompleks;

🥉Toza suv — suv uchun filtrlar ishlab chiqarish.

Akselerator mentorlarining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar:

🥇 IMRaDiS — oziq-ovqat mahsulotlarini patogenlar bor-yo‘qligiga tezkor tahlil qilish uchun mo‘ljallangan test-tizimlarni ishlab chiqish;

🥈 BARKHAN BIOTECH — termitlar va boshqa zararli hashoratlarga qarshi kurashish uchun biopreparatlar;

🥉 BIONOVATIC FOOD — reza-mevalar va sabzavotlarni tuproqsiz va quyosh nurisiz yetishtirish.

 

Loyihalarni baholagani va jamoalarga o‘z fikrlarini bildirgani uchun hakam ekspertlarga minnatdorchilik bildiramiz!

🔷 Akmal Salixov, Vronica kompaniyasining asoschisi, startaplar mentori;
🔷 Xusan Xasanov, Islom Taraqqiyot Bankining vakili;
🔷 Barno Ortiqxo‘jayeva, LiPatch startapining asoschisi;
🔷 Alisher Abdullayev, Ilg‘or Texnologiyalar Markazi direktorining o‘rinbosari, biologiya fanlari doktori, professor.

Shuningdek, jamoalar innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Shahlo Turdiqulovaning ham fikr-mulohazalariga ega bo‘ldi.

Akselerator finaligacha yetib kelgan 8 ta jamoaning hammasini tabriklaymiz, o‘z loyihalaringizni rivojlantirishda davom etishingizga hamda barqaror biznesni yaratib, uni ko‘lamlashtirishga erishishingizga umid qilamiz!

__________

Eslatib o‘tamiz, bugun moliyaviy grantlar o‘ynalgani yo‘q, har bir loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligining startaplar uchun grantlar tanloviga alohida ariza beradi.

__________

C.A.T Science Accelerator Biotech 3.0 Demo Kuni tadbiri qanday o‘tgani haqida bizning videoda tomosha qiling!

Все новости