Yangiliklar

19-avgust kuni C.A.T. Science Accelerator 5.0 jamoalari uchun ikki yo‘nalish bo‘yicha mentorlik sessiyalari o‘tkaziladi
  • jamoalarning biznes-rejalarini muhokama qilish;
  •  Ilg‘or texnologiyalar markazining mentorlari bilan uchrashuv.

Toshkent jamoalari shaxsan qatnashishi lozim, hududlardagi jamoalar esa – onlayn.

Biznes-rejalaringizni hamda akselerator mentorlariga savollaringizni tayyorlang. Shuningdek qanday qiyinchiliklar borligi haqida, loyihalaringizning hozirgi bosqichida nimalarni uddalay olmayotganingiz to‘g‘risida suhbatlashamiz.

Har bir jamoada vazifalarni muhokama qilishga 30 daqiqa bo‘ladi, yozilish uchun jadvalni akselerator telegram-guruhiga yuboramiz.

Все новости