Unda 2 ta mavzuni ko‘rib chiqamiz:
– Kompaniyani yaratish: tashkiliy-huquqiy shakli va soliqqa tortish turlari.
– Investor bilan kelishuv: nimalarga e’tibor berish kerak
Spiker: Yevgeniya Son.
Yevgeniya buxgalterlik hisobi va audit sohasida 15 yillik ish tajribasiga ega. U Yaran Consulting kompaniyasining hamkori, “O‘z faoliyatini endigina boshlagan tadbirkorlar uchun ish daftari” kitobining muallifi, shaxsiy mablag‘lar bo‘yicha kurs muallifi, tadbirkorlar uchun @yaran_uz telegram-kanalini yuritadi.
Yevgeniya Toshkent moliya institutini tamomlagan, milliy buxgalter sertifikatiga, milliy auditor sertifikatiga va xalqaro buxgalter sertifikatiga ega.
Jamoalardan spikerga savollarni oldindan tayyorlab qo‘yishni so‘raymiz!
Seminar 19-iyul kuni soat 18:00 da Zoom platformasida o‘tkaziladi.