Yangiliklar

24-iyun kuni “C.A.T. Science Accelerator 5.0.” ishtirokchilari uchun Toshkentda “Ekvator” tadbiri o‘tkaziladi 💫

24-iyun kuni “C.A.T. Science Accelerator 5.0.” ishtirokchilari uchun Toshkentda “Ekvator” tadbiri o‘tkaziladi 💫

Shanba kuni loyihalaringizni tinglaydigan va kelgusida har bir loyiha bilan individual tarzda ishlaydigan mentorlarni taqdim etamiz:

✅ Barnoxon Ortiqxo‘jayeva: biotexnolog, Jahon bankining loyihalarni amalga oshirish guruhining mahalliy konsultanti, «LiPatch» loyihasining asoschisi (“C..A.T. Science Accelerator”ning birinchi qabuli)

✅ Akmal Salixov: mamlakatning Startap Tashabbuslar, Ucell Mobile Challenge, Open Data Challenge, IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi kabi yetakchi startap va IT-loyihalarining mentori va trekeri.

✅ Adel Yengalichev: tadbirkor, tuproqsiz va quyosh nurisiz reza mevalar va sabzavotlarni yetishtirish bo‘yicha Bionovatic Food startapining asoschisi. “C.A.T. Science Accelerator” dasturining uchinchi qabuli bitiruvchisi.

✅ Akrom Ilhomov: o‘simlik xomashyosidan yangi ozuqa retseptlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha N.E.F. startapining asoschisi. “C.A.T. Science Accelerator” dasturining birinchi qabuli bitiruvchisi.

✅ Anvar Sariyev – MD, PhD. neyrojarroh, Ilg‘or texnologiyalar markazi KIX, neyrofiziolog, Toshkent tibbiyot akademiyasi fiziologiya kafedrasining assistenti.

✅ Sergey Kim: “TIQXMMI” ITUning PhD talabasi, biznesni rivojlantirish, ekologiya va sanoat xavfsizligi departamentlarining rahbari. «Koryoin» Biznes Klubining Moliya bo‘yicha qo‘mitasining rahbari (2021) va Klub raisining o‘rinbosari (2022). The MeT loyihasi bilan “C.A.T. Science Accelerator” dasturining birinchi qabuli bitiruvchisi.

✅ Sherozbek Dalimov, Olma pektinini ishlab chiqarish bo‘yicha Onsite gmbh startapining asoschisi. “C.A.T. Science Accelerator” dasturining birinchi qabuli bitiruvchisi.

🗓 Sana: 24-iyun (shanba)
🕚 Vaqt: 11:00
📍 O‘tkazilish joyi: Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent shahri.
Barcha jamoalar qatnashishi majburiy.

Все новости