Yangiliklar

24-iyun kuni barcha jamoalarni .A.T. Science Accelerator 5.0. akseleratsiya dasturining Ekvatorida kutamiz!

Oflayn-uchrashuv davomida:
-barcha loyihalarning taqdimotlarini tinglaymiz;
-jamoalar o‘zlarining individual mentorlari bilan tanishadi.

Eslatib o‘tamiz, barcha jamoalar qatnashishi – MAJBURIY TALAB hisoblanadi. Jamoalarning hammasi offlayn-uchrashuvga kelishi shart.

Agar viloyat/hududiy jamoalar biror-bir sababga ko‘ra to‘liq tarkibda kela olmasa, unda jamoaning hech bo‘lmaganda bir nafar a’zosi qatnashishi kerak, u mentorlar oldida loyihangiz taqdimoti bilan chiqadi.

Sana: 24-iyun (shanba)
Vaqt: 11:00
O‘tkazilish joyi: Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent shahri.

Shanba kuni kela olmaydigan, faoliyat davomida natijalarga ega bo‘lmagan yoki akseleratsiya dasturida faol qatnashmagan jamoalar dasturdan chiqariladi. Biz shanba kuni dasturning keyingi bosqichiga o‘tadigan jamoalar ro‘yxatini e’lon qilamiz.

Все новости