Yangiliklar

24-may kuni C.A.T. Science Accelerator jamoalari uchun mahsulotni ijtimoiy tarmoqlarda ilgari surish bo‘yicha seminar o‘tkaziladi.

Spiker: Diyora Usmonova, Social Media Marketing menejer, O‘zbekistonda ijtimoiy va tijorat loyihalarini ilgari surish tajribasiga ega.

Seminar davomida ijtimoiy tarmoqlarda brendni qanday yaratish, ularga qanday qilib maqsadli auditoriyani jalb qilish, ularni sotuvlar vositasiga aylantirish va mijozlar bilan muloqot qilish haqida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, siz ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunib olasiz, foydalanuvchilarni jalb qilish va sahifalarni ijtimoiy tarmoqlarda ilgari surish metodlari haqida bilib olasiz.

Seminar 24-may kuni soat 18:00 da Zoom platformasida o‘tkaziladi.

Все новости