Yangiliklar

26-noyabr kuni Ilg‘or Texnologiyalar Markazida C.A.T. Science Accelerator 4.0 ilmiy startaplar akseleratorining Demo Kuni o‘tkazildi.

26-noyabr kuni Ilg‘or Texnologiyalar Markazida C.A.T. Science Accelerator 4.0 ilmiy startaplar akseleratorining Demo Kuni o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari Shahlo O‘tkurovna Turdiqulova ochib berdi.

Akselerator 4 yildan beri o‘tkazib kelinadi, shanba kuni ham 13 ta startap o‘z loyihalarini taqdim etdi. Har bir jamoaga taqdimot uchun 5 daqiqa va hay’at a’zolarining savollariga javob berish uchun 5 daqiqa berildi. Shuningdek jamoalarning ko‘pchiligi o‘z ishlanmalarining prototiplarini ham taqdim etdi.

Akselerator an’anasiga ko‘ra, biz sovrinlarni ikki nominatsiya bo‘yicha topshirdik:

📍hakamlar hay’atining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar;
📍akselerator mentorlari va akseleratsiya platformasining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar.

G‘oliblarni tabriklaymiz!

Hakamlar hay’atining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar:

🥇Eko Bubble —kir yuvish kukunini organik komponentlardan ishlab chiqarish

🥈Lucky Step: Diabetic Shoes — diabetik oyoq kaftiga ega patsientlar uchun tabiiy materiallardan tayyorlangan ortopedik poyabzal

🥉Doc-Soap — shifobaxsh xususiyatlarga ega sovunni ishlab chiqarish.

Ushbu g‘olib loyihalarning har biri 100 mln so‘mdan mablag‘ oladi.

Akselerator mentorlarining versiyasi bo‘yicha eng yaxshi loyihalar:

🥇 Lucky Step: Diabetic Shoes — diabetik oyoq kaftiga ega patsientlar uchun tabiiy materiallardan tayyorlangan ortopedik poyabzal

🥈 Star&Coch — koxlear implantlar, eshitish va nutq qobiliyati buzilgan bolalar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish

🥉 Tile MosaiC — qayta ishlangan plastikdan plitkalar ishlab chiqarish

Jamoalarning loyihalarini baholagani va sharhlar bergani uchun hakamlar hay’atiga minnatdorchilik bildiramiz!

🔷 Shaxlo Utkurovna Turdikulova, O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari;
🔷Dilbar Akbarovna Dalimova, Ilg‘or Texnologiyalar Markazi direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari;
🔷 Alisher Abdumavlonovich Abdullaev, Ilg‘or Texnologiyalar markazi direktorining tijoratlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari;
🔷Usmon Raximjonov, «Startap-tashabbuslar» ko‘mak dasturining koordinatori;
🔷Zilola Mo‘minjonova, Paradise Flora startapining rahbari (C.A.T. Science Accelerator 2.0 finalchi-loyihasi);
🔷 Firdavs Ne’matzoda, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasining boshlig‘i;
🔷 Azizbek Ilhomov, Innovatsion rivojlanish vazirligining startap-ekotizimlarni shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasining boshlig‘i.

Akselerator finaligacha yetib kelgan 13 ta jamoaning hammasini tabriklaymiz va ular o‘z loyihalarini davom ettirishlariga hamda barqaror biznesni yaratib, uni ko‘lamlashtirishiga umid qilamiz!

Qayd etib o‘tamiz, har bir finalchi-loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligining startaplar uchun grantlar tanloviga ariza berishni rejalashtirmoqda. Bitiruvchilarimizga omad tilaymiz!

Все новости