Yangiliklar

8-aprel kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida ilmiy startaplar uchun C.A.T. Science Accelerator 5.0 akseleratorining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Akseleratorga tanlab olingan va faoliyatini boshlagan jamoalarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Shaxlo Utkurovna Turdiqulova tabrikladi.

Ilg‘or Texnologiyalar Markazining direktori Dilbar Dolimova Markazning imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

Aleksandr Yudakov, C.A.T. Science Accelerator rahbari, ITMning laboratoriyalarini taqdim etdi va akselerator qanday uskunalar, infratuzilma va mentorlik ko‘magini (olimlar va biznes tomonidan) taqdim etishi mumkinligi haqida gapirib berdi.

❇️ Akseleratordagi ishlar natijalari va o‘z loyihalari haqida moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan avvalgi qabul finalchilari ham gapirib berdi:
– Barno Ortiqxo‘jayeva, birinchi akselerator qabulining finalchisi, LiPatch loyihasi bilan qatnashgan, ayni paytda esa – Innovatsion rivojlanish agentligida startap-loyihalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy kengash raisi;
– Iroda Shermatova, Oral plast startapi;
– Vyacheslav Li, Eko Bubble loyihasi;
– Omina Mirakbarova, Lucky Step: Diabetic Shoes startapi;
– Kamola Ramazonova, Doc Soap loyihasi.

Akselerator mentorlari va trekerlari Alisher Yusupov va Yelena Seleznyova 6 oy davomida akseleratorda faoliyat qanday olib borilishi haqida so‘z yuritishdi.

✔️ Tadbirning intellektual qismida barcha jamoalar Elevator Pitch bo‘yicha tayyorgarlikni namoyish etishdi (ya’ni auditoriyaga o‘z loyihalarini 1 daqiqa ichida taqdim etishdi).

Akselerator seminarlari va mentorlik sessiyalari 12-apreldan boshlanadi. Yangiliklarni kuzatib boring!

Все новости