Yangiliklar

23 aprel kuni C.A.T. Science Accelerator 4.0 dasturining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Toshkent shahridagi jamoalar Ilg‘or texnologiyalar markazida yig‘ildi, viloyatlardagi jamoalar esa onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo O‘tkurovna Turdiqulova jamoalarni akseleratoga tanlangani va ish boshlangani bilan tabrikladi. Shahlo O‘tkurovna Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan startaplarni qo‘llab-quvvatlayotgani va oldingi akselerator to‘plamlarida ishtirok etgan jamoalarning muvaffaqiyati haqida gapirib berdi.

C.A.T. Science Accelerator direktori Vladimir Tsoy Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalarini taqdim etdi va akselerator qanday jihozlar, infratuzilma va murabbiylik yordamini (olimlar va biznes vakillar tomonidan) taqdim etishi mumkinligini aytdi.

Startap ekotizimlari va olimlar va tadbirkorlar uchun imkoniyatlar haqida gapirdilar:

• Ne’matzoda Firdavs Ne’matovich, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i;

• Ilhamov Azizbek Yodgor o‘g‘li, startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i;

• Akbarxon Sobirxonov Aziz-o‘g‘li, Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi milliy byurosining tijoratlashtirish va biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

6 oy davomida akseleratordagi ishlar qanday olib borilishini akseleratorning ustozi va kuzatuvchilari Alisher Yusupov va Saida Yusupova so’zlab berishdi.

Shuningdek, jamoalarni nomlash usullari bo’yicha qisqa sessiya o’tkazildi.

Tadbirning interaktiv qismida barcha jamoalar Elevator Pitch mashqini bajarishdi (1 daqiqada o‘z loyihasini tomoshabinlarga taqdim etishdi).

Akseleratorning seminarlari va mentorlik mashg’ulotlari 27 aprelda boshlanadi. Yangiliklarni kuzatib boring!

Все новости