Yangiliklar

Startaplardagi biznes-modellar. Monetizasiya variantlari.

Navbatdagi vebinarimiz ertaga 18-may kuni soat 17:00 da bo’lib o’tadi.

Mavzu: Startaplardagi biznes-modellar. Monetizasiya variantlari.

Har bir muvaffaqiyatli loyiha ortida raqobatchilardan bir necha qadam oldinda bo’lish imkonini beruvchi o’ziga hos biznes-model mavjud. Vebinarda startaplarda keng tarqalgan biznes-modellar va loyihangizni monetizasiya qilishning turli varinatlari haqida gapirib beramiz. Biznes-model asosi va undan qanday foydalanish mumkinligini muhokama qilamiz. Shuningdek, nega bu vosita startaplar uchun muhim ekani va biznes-modellarni shakllantirish va testdan o‘tkazish startapni rivojlantirishga qanday yordam berishi haqida so‘z yuritamiz.

Vebinar Zoom’da o‘tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.

Barchangizni ertaga soat 17:00 da kutamiz!

Все новости