Yangiliklar

C.A.T. SCIENCE ACCELERATOR 2.0: ISHTIROKCHILAR VA G‘OLIBLAR!

2020-yil fevralida ilmiy loyihalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun C.A.T. Science Accelerator 2.0 ikkinchi akseleratorida qatnashishga arizalarni qabul qilish boshlandi. Loyiha tashkilotchilari va hamkorlarining maqsadi ilmiy ishlanmalar bilan shug‘ullanadigan loyihalarni korporatsiyalar va biznes bilan birlashtirishdan, fan, biznes va raqamli texnologiyalar sinergiyasi uchun sharoitlar yaratishdan iborat – aynan raqamlashtirish ilmiy loyihalarni ko‘lamlashtirish imkonini beradi. Bu yil 253 ta ariza olindi, bu akseleratorga birinchi qabuldagiga qaraganda ikki baravar ko‘p, arizalar O‘zbekistonning barcha hududlarida va Markaziy Osiyo mamlakatlarida (Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston)  faoliyat ko‘rsatuvchi olimlar va tadbirkorlardan tushdi.

 Taqdimotlarni tinglash bilan o‘tgan bir necha kun davomida ekspert komissiyasi C.A.T. Science Accelerator Central Asia akseleratsiya dasturida qatnashish uchun Toshkent shahri va viloyatlardan 29 ta loyihani, Qirg‘izistondan bitta loyihani tanlab oldi. Asosiy e’tibor hozirgi jamiyatning “yashil” texnologiyalar sohasidagi dolzarb muammolarini hal etishga, muqobil energiya manbalari, diagnostika va biotibbiyot, oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq yangi materiallar va texnologiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan loyihalarga qaratildi.

 

 

 

Akselerator faoliyat ko‘rsatgan yetti oy davomida ulkan ishlar amalga oshirildi, investorlar uchun Demo Day uning “cho‘qqisi”ga aylandi. Asosiy faol faza karantin sharoitlariga to‘g‘ri keldi, shu munosabat bilan C.A.T. faoliyati ishga tushirilgan Accelerator.uz akseleratsiyasining onlayn-platformasi tufayli to‘liq onlayn formatga o‘tdi. Ushbu platforma onlayn-treninglarni, xorijiy spikerlar bilan vebinarlar va onlayn-konferentsiyalar formatida o‘tkazilgan sessiyalarni, jamoaviy treking va boshqa tadbirlarni tashkillashtirishda o‘rni bosilmaydigan vositaga aylandi.  Startaplar tomonidan Ilg‘or Texnologiyalar Markazining laboratoriyalari bazasida ulkan ishlar hajmi bajarildi, Markaz yosh olimlarga tadqiqotlarni o‘tkazish uchun uskunalar va reaktivlarni taqdim etdi.

                                              

 

 C.A.T. Science Accelerator Central Asia dasturi startap-loyihalarning seminarlari, treninglari, mentorlik va interfaol sessiyalari va konsultatsiyalariga boy bo‘ldi. Spikerlar orasida fan, biznes, loyihalarni ishga tushirish, soliqqa tortish, moliya sohalaridagi mahalliy ekspertlarni hamda Buyuk Britaniya, Hindiston, Qozog‘iston va O‘zbekistonlik mentorlarni ko‘rish mumkin edi. Shuningdek birinchi C.A.T. Science Accelerator finalchilarining vebinarlari, taklif etilgan ekspertlar ishtirokida interfaol Mock Sales va Speed-mentoring sessiyalari, startaplarda sotuvlar bo‘yicha vebinarlar, biznes-rejalashtirish, taqdimotlarni tayyorlash bo‘yicha kurslar, ekspertlarning individual konsultatsiyalari va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi.

C.A.T. Science Accelerator Central akseleratori, GISTHub rezidenti bo‘lgani holda, GISTTechConnect dan foydalanish va jahon ekspertlari ishtirokidagi onlayn-translyatsiyalarda qatnashish imkoniga ega bo‘ldi, ularda ekspertlar startaplarni moliyalashtirish sohasidagi yangi tendentsiyalar va investorlarning strategik tanlovi haqida gapirib berdi. Xususan, Kremniy vodiysida faoliyat ko‘rsatuvchi spiker, Western Digital kompaniyasining injiniring bo‘yicha global direktori Erin Keeley akselerator jamoalari uchun vebinarlar seriyasini o‘tkazdi. Qozog‘istonlik spikerlar BCPD Ltd sheriklik markazining rahbari Diana Soy va Women In Tech Foundation rahbari Malika Janibek startaplarni moliyalashtirish bo‘yicha  Speed Mentoring sessiyalaridan birini YouTube-translyatsiyalar formatida o‘tkazdi. Mahalliy ekspert Yevgeniya Son xizmatlar va tovarlar tannarxi va narxlarining shakllanishi haqida vebinarlar turkumini o‘tkazdi. 

12 ta jamoa finalgacha va o‘z ilmiy startap-loyihalarini Demo Day’da hakamlar va investorlar oldida taqdim etish bosqichiga yetib bordi. Har bir jamoa o‘z loyihasining ulkan rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi, endi ular albatta loyihalarni ilgari surish va rivojlantirish bo‘yicha unumli faoliyatni davom ettirishi va ko‘lamlashtirilgan barqaror biznes darajasigacha yetib borishi kerak. 2020-yil 25 sentabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining yangi binosida C.A.T. Science Accelerator Central Asia tanlovining final bosqichi offlayn-formatda o‘tkazildi.

 Finalgacha yetib borgan jamoalar o‘z loyihalarining taqdimotini o‘tkazdi, MVPni namoyish etdi va hakamlar hay’atining savollariga javob berdi. Hakamlar hay’ati tarkibida quyidagilarni ko‘rish mumkin edi:  — Jamol Boboxonov – O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligida texnologiyalarni tijoratlashtirish va transfer qilish boshqarmasining boshlig‘i, Tatyana Shalunova – Profi Training biznes-maktabining asoschisi va uni rivojlantirish bo‘yicha direktor, Amir Obidov – olim, Lotus Engineering va CleanBox startaplarining asoschisi. Bundan tashqari, Demo Day’da bo‘lg‘usi investorlar, biznes, fan va davlat organlarining vakillari ham qatnashdi, demak jamoalar o‘z loyihalari bo‘yicha qimmatli maslahatlar va izohlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lishdi hamda foydali tanishuvlarga ega bo‘lishdi.

Hakamlar hay’ati o‘z tanlovini amalga oshirdi, jamoalar bir xil ballni to‘plagani uchun g‘oliblar ko‘proq bo‘ldi. C.A.T. Science Accelerator Central Asia tanlovining ikkinchi raundi sovrindorlariga aylangan ilmiy startaplarni bajonidil va g‘urur bilan taqdim etamiz:

Birinchi o‘rinni ikkita jamoa o‘zaro bo‘lib oldi:

  • DefuseIt (Qishloq xo‘jaligi uchun masofadan boshqariladigan suv tozalash filtrlari)
  • TumorOnTarget (PZR asosida HER2 onkomarkerining maqomini aniqlash metodi)
  •  Ikkinchi o‘rin ham ikkita jamoaga nasib etdi:
  • Logos (insultdan keyingi bemorlar uchun nutqni tiklash bo‘yicha o‘zbek tilidagi mobil ilova)
  • Innocense Bio (zararkunandalarga va o‘simlik kasalliklariga qarshi kurashish uchun biopreparatlar)

Uchinchi o‘rinni “Tish farishtalari” (“Зубные феи”) loyihasi oldi (bolalarda tish emali kasalligi asoratlarining oldini olish uchun gel).

Akselerator mentorlarining versiyasi bo‘yicha to‘rtta loyiha eng yaxshi sifatida tan olindi. Birinchi o‘rinni DefuseIt loyihasi, ikkinchi o‘rinni TumorOnTarget startapi egalladi, uchinchi o‘rinni esa jamoalar reytingida bir xil ball to‘plagan ikkita loyiha – BioCentric (okso-bioparchalanadigan plastikni ishlab chiqarish) va Innocens bio startaplari o‘zaro bo‘lib oldi.

Bu yil akselerator jamoalari Innovatsion rivojlanish vazirligining startaplar tanlovi doirasida investitsiyalar olishga ariza berishlari mumkin. grant miqdori 1,5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni tashkil qiladi!

C.A.T. Science Accelerator 2.0 loyihasining tashkilotchisi: Ilg‘or Texnologiyalar Markazi StartupFactory.uz va Green Business Innovation kompaniyalari bilan hamkorlikda. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Все новости