Yangiliklar

C.A.T. Science Accelerator 5.0 jamoalari uchun mentorlik sessiyalari boshlanmoqda!

Har bir jamoada oyda bir necha marta professionallarning ko‘magini olish, o‘z loyihasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlash va istalgan savollarni berish imkoniyati bo‘ladi.

Mentorlar jamoasi Ilg‘or texnologiyalar markazining olimlaridan va boshqa sohalarning mutaxassislaridan (startaplar, yashil texnologiyalar, marketing va boshqalar bo‘yicha) tashkil topgan.

Birinchi mentorlik uchrashuvi 6-may kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida o‘tkaziladi. Hududlardagi jamoalar bilan keyingi haftada onlayn Zoom-uchrashuvni tashkil qilamiz.

Jamoalar mentorlar bilan uchrashuvlarga oldindan tayyorlanishi zarur bo‘ladi:
– akselerator koordinatorlariga savollar;
– laboratoriyada ishlashga arizalar, ishingiz uchun sizga qanday reaktivlar kerak;
– qanday qiyinchiliklar bor, loyihaning ushbu bosqichida nimalarni uddalay olmayapsiz;
– jamoaning 6 oylik rejasini muhokama qilamiz.

Vazifalarni muhokama qilish uchun har bir jamoada 30 daqiqa bo‘ladi, yozilish uchun jadvalni akselerator telegram-guruhiga yuboramiz.

Все новости