28-may kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida “Bozorni va raqobatchilarni o‘rganish asoslari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi.
Spiker:
Aziz Rahimov – turli dasturlarning mentori, telekommunikatsiyalar, moliyaviy texnologiyalar va elektron tijorat sohasining mutaxassis, Oʻzbekiston Elektron tijorat assotsiatsiyasi hammuassisi.
Seminarda startaplar bozorni oʼrganishi qay darajada muhim ekani, uni baholash va tahlil qilish metodlari, maʼlumotlar manbalari va raqobatchilarni oʼrganish usullari haqida gaplashamiz.
Sana: 28 may, shanba kuni
Vaqt: 11:00
O‘tkazilish joyi: Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari ishtirok etishi shart!
Hududlardagi jamoalar uchun Zoom-da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.