Yangiliklar

«HEMO DENT» jamoasi bilan intervyu

Biz intervyularimiz turkumini davom ettiramiz va «HEMO DENT» jamoasi bilan tanishamiz

1. Bizga loyihangiz haqida so’zlab bering. Nima ishlab chiqarishni rejalashtiryapsiz? Sizning startapingiz g’oyasi qachon paydo bo’lgan?

Bizning loyihamiz qon to’xtatuvchi gel dori pereparatlarini ishlab chiqarish. Bizning qon to’xtatuvchi gelimiz stomatologiya, onkologiya, dermotologiya, kosmetologiya sohalarida keng qo’llash mumkin.

Bizda ushbu g’oya aynan mening o’zimda stomatologiya muolajasidan keyin paydo bo’lgan. Misol uchun, stomatologlar implantatsiyadan yoki boshqa muolajalardan keyin jarohatdan ketayotgan qonni to’xtatish maqsadida sterilizatsiya qilingan paxta va salfetka (bint)lardan foydalanadilar, bu esa bemorga ham, shifokorga ham bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi va ko’pincha bu usul samarasiz bo’ladi. Yoki bemor stomatologik muolajadan keyin uyga qaytganda jarohatdan qon ketishi mumkin, bu esa bemorning hayoti uchun xavfli. Agar qon tezda to’xtatilmasa bemorning ahvoli og’irlashishi mumkin. Bizning gel dori pereparatimizni uy sharoitida va shifokor retseptisiz qo’llash mumkin, u mutlaqo zararsiz.

2. Jamoangiz qanday mutaxassislardan iborat?

Bizning jamoa 2 mutaxassisdan iborat:

– Loyiha raxbari: Dilmurodov Ma’rufjon Elmurodovich – Farmatsevtika ta’lim va tadqiqod instituti 2-kurs talabasi.

– Yordamchi texnolog: Baxtiyorov Diyorbek Ixtiyorovich – Farmatsevtika ta’lim va tadqiqod instituti 2-kurs talabasi.

3. Sizning yechimingiz boshqa mavjud stomatologik gemostatik vositalardan nimasi bilan farq qiladi?

Bunday gel vositasi Respublikamiz hudida ishlab chiqarilmaydi. Bizning qon to’xtatuvchi gel pereparatimiz shifokorlarga ham bemorlarga ham bir qancha qulayliklarni yaratib beradi. Qon ketishini to’xtatishning boshqa usullaridan yuqori samaradorlik va foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi. Turli xil nojo’ya ta’sirlari yoq.

4. Gemostatik gel qanday va qanchalik tez ishlaydi?

Bizning qon to’xtatuvchi gel pereparatimiz bir vaqtning o’zida ham jarohatdan qon ketishini to’xtatadi va og’riqni ham qoldiradi. O’rtacha hisobda bizning dori vositamiz 3-4 minut davomida jarohatdan ketayotgan qonni to’xtatadi va og’riqsizlantiradi.

5. U boshqa maqsadlarda, masalan, kesilish va yaralar kabi yuzaki jarohatlarda qon ketishini to’xtatish uchun ishlatilishi mumkinmi?

Qon to’xtatuvchi gel dori vositasi har qanday tashqi qon ketishda qo’llash mumkin. Ushbu dori vositasini uy sharoirida qo’l va boshqa tana a’zolari jarohatlanganda yoki yosh bolalarda sut tishlari tushgan vaqtda jarohatdan qon ketganda qo’llash mumkin. Uy sharoitida qo’llash oson bo’lishligi uchun gelimizning idishida maxsus dazatorlari mavjud. Ushbu gel pereparati turli xildagi idishlarda ishlab chiqariladi va har bir dori qadog’i ichida maxsus nasadkalar va maxsus sterilizatsiya qilingan salfetkalar bo’ladi.

6. Bozor va iste’molchi tadqiqotlari qanday natijalarni ko’rsatdi?

Yuqorida aytib o’tganimizdek, mamlakatimizda bunday dori-darmonlarni boshqa hech kim ishlab chiqarmaydi va bugungi kunda uni qo’llash ijobiy natijalarni ko’rsatmoqda. Bizning dori-darmonlarni iste’molchilarning yoshi 6 yoshdan 70 yoshgacha.

7. Xalqaro bozorga chiqish rejalaringiz bormi?

Jamoamiz bilan keyinchalik ushbu gel dori vositasining ustida ishlab tarkibini yanada mukamallashtirib va boshqa yangi qo’shimchalar kiritib neyroxirurgik va mikro xirurgik operatsiyalarda ham qo’llaniladigan shaklda ishlab chiqarish va ushbu mahsulotlarni xalqaro bozorga chiqarishni oldimizga reja qilib qo’yganmiz.

8. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Gel tarkibidagi aminokapron kislota va lidokain tahlil usullarini ishlab chiqish va sifatini baholash uchun yuqori samarali suyuqlik xromatografiya uskunasidan foydalanmoqchimiz.

Все новости