25-may, chorshanba kuni soat 17:00 da yangi «Mock Sale» formatida interaktiv onlayn sessiya bo’lib o’tadi!
Uchrashuvning maqsadi – o‘z mahsulotingizni/xizmatingizni olimlarga “sotish”, ularning sharhlarini olish va har bir loyihaning ilmiy qismi uchun qanday yordam kerakligini so‘rashdir.
Ushbu sessiyaning mentorlari Ilg‘or texnologiyalar markazining turli ixtisoslikdagi 6 nafar olimlari bo‘ladi.
Biz hammani 3 ta Zoom-xonasiga ajratamiz. Har bir xonada: 2 ta olim + moderator + 3 ta startap bo’ladi.
Har bir loyiha uchun 5 daqiqa beriladi:
1 daqiqa ichida – loyihangiz haqida qisqacha gapirib berish;
1 daqiqa ichida – olimlardan qanday yordam kerakligini aytib berish (ilm-fan qismi bo’yicha).
3 daqiqa ichida – olimlarning fikrlarini tinglash.
Hammasi bo’lib 1 xonada 15 daqiqa ichida 3 ta loyiha olimlar bilan maslahatlasha oladi (1 loyiha uchun 5 daqiqa).
60 daqiqa ichida biz 4 marta xona almashtiramiz va har bir jamoa o‘z loyihasini bir nechta olimlarga taqdim etishi mumkin bo‘ladi.
Soat 18:30da Nora Rahimova hududlardagi jamoalar uchun “Mantorlik va SMART maqsadlarni belgilash” mavzusida avvalgi seminarning takrorini olib boradi.
Ikkala vebinar Zoom’da o‘tkaziladi, havola boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboriladi.
25-may kuni ko’rishguncha!