1. Startapingizning asosiy missiyasi nimadan iborat, uning yordamida nimalarga erishmoqchisiz?
Startap loyihamiz asosida 4-5 yillar davomida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan preparatlarni ommaga taqdim etish va shu asosda ishlab chiqarishni joriy etish va bu borada investitsiyalarni kamaytirish, agrobozor infratuzilmasini yaxshilashdir. Biz yerishmoqchi bo‘lgan ish, olimlar tomonidan yaratilgan yangiliklar qog‘ozda emas amalda ham ko‘rsata olishidir
2. Startapingiz bozordagi raqobatchilaridan nimasi bilan farq qiladi? O‘zingizning raqobat bo‘yicha ustunligingizni qanday ushlab turmoqchisiz?
Raqobatchilardan farqli o‘laroq bizning mahsulotlarimiz mahalliy mahsulotlardir. Preparatimiz tarkibida zararli hashoratlarga qarshi insektitsid hususiyati bo‘lishi bilan birga bir vaqtning o‘zida Fungitsid va Rostostimulyator ta’siri ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Bu esa hosilning zararli hashoratlardan himoyalanishidan tashqari, o‘simlikning o‘suvchanligini va hosilning oshishiga imkon beradi. Y’ani 3 ta xususiyati birda preparat mijozlarning etiborida va e’tirofida bo‘ladi.
Mahsulotlarni sotishda mijozlarga mahsulotlarni yetkazib berishdan tashqari preparatni ishlatishda maxsus mutahasislarning ko‘magini yo‘lga qo‘yib borish. Mijozlarning istaklarini inobatga olish va doimiy ravishda ishonchini oshirish orqali raqobat bo‘yicha ustunligingizni ushlab turmoqchimiz
3. Zararkunandalarning qaysi turlarini qishloq xo‘jaligi uchun xavfliroq va halokatli deb hisoblaysiz?
Respublikamiz qishloq xo‘jaligida, xalq xo‘jaligida, oziq-ovqat sanoatida poliz hamda, don va dukkakli (bug‘doy, arpa, mosh, loviya, makkajo‘hori va h.k.) mahsulotlar boshqa mahsulotlarga nisbatan inson iste’molida ehtiyoj va talab juda katta. Shuning uchun ularni keng miqyosda yetishtirish va ularni omborlarda sifatli saqlash muhimdir. Omborlarda saqlanayotgan don va dukkakli maxsulotlarni saqlash jarayonida mita va shunga o‘xshash boshqa zararkunanda hasharotlar bu mahsulotlarning sifatini keskin kamaytiradi va hattoki yo‘q qiladi. Poliz yekinlaridan Qovun qurti va pashshasi ham iqtisodiyotga o‘ta katta zarar keliruvchi bu zararli parazitlar nafaqat qishloq xo‘jaligida, balki oziq-ovqat sanoatiga ham keskin salbiy ta’sirlarini ko‘rsatadi. Umuman olganda qishloq xo‘jaligi ekinlarida uchraydigan barcha zararli hashoratlar xavfli bo‘lib, zararli hashoratlarning hech birini xavfsizroq beb bo‘lmaydi.
4. O‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish uchun qaysi metod yoki texnologiyadan foydalanasiz?
Ekishga mo‘ljallangan urug‘larni oldindan dorilash texnologiyasidan foydalaniladi, bu urug‘ni saqlash jarayonida mitalab ketmasligining va unib chiqish jarayonida unuvchanligining oshishiga olib keladi, bu esa inson omiliga va ekologiyaga zararli ta’sirining ham oldini oladi.
5. Sizning yondashuvingiz zararkunandalarga qarshi kurashishning kimyoviy pestitsidlar kabi an’anaviy metodlaridan nimasi bilan farq qiladi?
Hozirda qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunandalarga qarshi kurashishda ishlatilib kelinayotgan pestitsidlar asosan katta valyuta kursi asosida import orqali chetdan olib kelinmoqda. Hozirgi kunda an’anaviy pestitsidlar orqali zararkunandalarga qarshi kurashish jarayonida ekin maydonlariga ular ko‘p miqdorda sepishni hamda bunga texnika va inson omilining birgalikda ishlashi, sog‘liqqa va ekologiyaga zararli ta’siri kabi salbiy omillar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bizning usulda bu sarf-xarajatlar, zararlar miqdori keskin kamayadi, hosildorlik esa oshishiga olib keladi.
6. Zararkunandalarning metodlaringizga nisbatan yuqori darajada chidamliligi kabi ehtimoliy nojo‘ya samaralarni qanday bartaraf etasiz?
Zararkunandalarning qo‘llanilayotgan metodlarga va preparatga o‘rganib qolish moyilligini oldini olish uchun, biz mita yoki qurt tushgandan keyin emas, ularning tushishiga qarshi oldindan ishlov berish usulini qo`llaymiz.
7. Ekologiya va inson salomatligi uchun xavfsizlik nuqtai nazaridan yechimingizning qanday afzalliklari bor?
Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bizning preparatlarimiz ekologik va inson salomatligiga xavf tug‘dirmaydi. Asosiy afzalliklaridan biri ekinlar uchun foydali bo‘lgan hashoratlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
8. Startapni ishga tushirish jarayonida siz duch kelgan eng katta to‘siqlar nimalardan iborat bo‘ldi, ularni qanday yengib o‘tdingiz?
Startapni ishga tushirish jarayonida biz dastlab jamoamizga kerak bo‘ladigan aynan bizning sohamizni tushunadigan marketolog va sotuvchini topishda qiyinchiliklarga duch kelindi, lekin akselerator xodimlari va mentorlarning yordami bilan jamoaga kerak bo‘lgan xodimlarni topish uchun turli kerakli maslahatlari bilan jamoamizni to‘liq shakllantira oldik. Chunki startap loyihalarining samarali ish yuritilishi uchun jamoada ahil va kerakli mutaxasislarning bo‘lishi bu juda muhimdir.
9. Jamoangizning har bir a’zosi startapda qanday rol o‘ynaydi? Ular loyihaga qanday ko‘nikma va tajribani olib kiradi?
Jamoamizda eng muhim a’zolaridan biri yaxshi organik sintezchilar bu Yuldasheva Muhabbat, Azimova Gulmira, Turayev Sherzod. Bir necha vaqt davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligining “koll-markazi”da maslahatchi sifatida ishlab ko‘rgan marketolog Qurbanbayev Shaxriyor va loyihaning ilmiy tadqiqotchisi, ish boshqaruvchi va undan tashqari hozirda samarali sotuvchi vazifasida ham (sinab ko‘rayotgan) faoliyat olib borayotgan Turayeva Xurshida. Jamoamizning yana bir a’zosi agronom Qurbanbayev Jasurbek.
Dastlab startap loyiha jamoasida asosan kimyogarlar mavjud edi. Keyinchalik loyihaga kerak bo‘lgan mutaxasislarni jalb qilgach, loyihaning samarali ishlashi uchun marketologimiz ko‘pgina raqobatchi kompaniyalardagi zayif nuqtalarini va bozorda o‘z o‘rnimizga ega bo‘lish yo‘l-yo‘riqlarini o‘z tajribasi asosida olib kirdi.
Loyiha jamoasida tajribali organik kimyogar sintezchi Azimova Gulmira bu kabi organik preparatlarni samarali sintez qilishning yangi innovatsion usulini ishlab chiqdi, ya’ni zamonaviy nano-katalizatorlarni qo‘llash orqali sintezning ilg‘or texnalogiyasini amalga oshirdi.
10. Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?
Ilmiy markazning zamonaviy ilg‘or laboratoriyalarida sintez qilingan moddalarning fizik-kimyoviy analizlarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
11. Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayotganingiz va jamoangizga mentorlikdan qanday yordam kerakligi haqida gapirib bersangiz?
Akselerator mentorlaridan Ilhomov Akrom bizning startap loyihamizga har taraflama katta ko‘mak berdilar. Masalan, preparat sarflari gektariga qancha sepilishi kerakligi, fermerlarga preparatlarni qanday takliflar asosida tavsiya berilishi kerakligi, preparatlarning qadoqlanishi-yu, qadog‘idagi tavsiyalari to‘g‘ri ko‘rsatilishi kerakligi va hokazolar bo‘yicha ko‘plab tajribalarini bo‘lishdilar. Ikkinchi mentorimiz bo‘lgan Dalimov Sherozbekdan ham juda qiziqarli tavsiyalarini oldik, ya’ni sotuvda nimalarga ahamiyat berilishi kerakligi, mijozlar bilan ishlashda ularda katta taassurot qoldirish yo‘llarini va asosiysi xarajatlar smetasini to‘g‘ri tuzish kerakligi bo‘yicha katta tajribalari bilan ko‘maklashdilar.
12. Startapingiz borasida kelajak rejalaringiz? Qanday yangi mahsulotlar yoki funksiyalarni joriy etishni rejalashtirgansiz?
Loyiha qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoya qilishda zararkunandalarga qarshi samarali mahalliy preparatlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Insonlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ularni keng miqiyosda yetishtirishdagi uchrayotgan zararlarni kamaytirishda mijozlarimizga ko‘maklashish.
Kelajakda organik sintez natijasida olinadigan boshqa preparatlarni ham sinovdan o‘tkazish va qo‘llashga joriy etishni kengaytirishdan iborat.