Yangiliklar

Jamoa bilan intervyu: «Flawless Team»
  1. Startapingizning yaratilish tarixi qanday, uning asosida qanday qadriyatlar yotadi?

Biz startapni mahalliy brend ostida tabiiy sifatli kosmetikani ishlab chiqish va ishlab chiqarish maqsadida yaratdik. Asosiy qadriyatimiz – mijozlarga quruq iqlim sharoitlarida samarali namlanishni ta’minlaydigan tabiiy komponentlardan iborat sinovdan o‘tgan mahsulotlarni taqdim etish. Biz qalbaki mahsulotlar uchraydigan onlayn-xaridlarga ishonchli muqobilni taqdim etishga harakat qilyapmiz.

  1. Kremlaringiz uchun tabiiy komponentlarni qanday tanlaysiz? Xomashyoni tanlashda qaysi mezonlarni inobatga olasiz?

Biz kremlarimiz uchun tabiiy komponentlarni puxtalik bilan tanlaymiz, yuqori standartlarga muvofiq bo‘lish uchun ularning kelib chiqishi va sifatiga alohida e’tibor qaratamiz. Mahsulotning xavfsizligi birinchi darajali ahamiyatga ega, shu bois biz ehtimoliy allergenlarni va nojo‘ya samaralarni juda puxtalik bilan tahlil qilamiz.

  1. Kremingizni ishlab chiqarish jarayoni haqida gapirib bera olasizmi? Ushbu jarayon qanday qadamlarni o‘z ichiga olgan?

    1. Komponentlarni tanlash: Dastavval retsept bo‘yicha biz barcha kerakli komponentlarni tanlaymiz. Bu moylar, vitaminlar va terini parvarish qilish uchun boshqa mahsulotlar bo‘lishi mumkin.
    2. Aralashtirish: So‘ngra barcha komponentlarni aralashtiramiz3.
    3. Issiqlik: Aralashtirgandan keyin aralashmani biroz qizdiramiz. Bu komponentlarga birlashish va teri uchun foydaliroq bo‘lishga yordam beradi.
    4. Sovutish: Keyin aralashma sovutiladi. Bu krem foydalanish uchun tayyor bo‘lishi maqsadida qilinadi.
    5. Tekshirish va tuzatish: Aralashma sovuganidan keyin kremni tekshiramiz. Agar qandaydir kamchilik bo‘lsa, uni tuzatamiz, o‘zgartirishlar kiritamiz.
    6. O‘rami: Jarayon yakunida kremni qulay o‘ramga joylashtiramiz.

  2. Sizda mahsulotning tayyor test namunalari bormi, kremni sinovdan o‘tkazganmisiz? 

Biz mahsulotimizni ikki xil testdan o‘tkazamiz:

  • Ko‘ngillilarda sinovdan o‘tkazish: Ko‘ngillilar nazorat qilinadigan sharoitlarda kremdan foydalanadi, terining kremga reaktsiyasi va holatini kuzatamiz.
  • Barqarorlikni testdan o‘tkazish: Kremning xususiyatlari va sifati saqlanishini ta’minlash uchun uni vaqt, yorug‘lik va harorat bo‘yicha o‘zini qanday  tutishini tekshiramiz.
  1. Kremingiz bozordagi shunga o‘xshash mahsulotlardan nimasi bilan farq qiladi?

       Iqlimga moslashtirilgan: Mahalliy komponentlardan foydalangan holda ishlab chiqilgan kremimiz terining samaraliroq namlanishini ta’minlaydi.

 Mahalliy komponentlar: Mahalliy komponentlardan foydalanish kremga mintaqa o‘simliklarining xarakteristikalariga asoslangan noyob xususiyatlarni beradi.

Ekologiklik va noyoblik: Mahalliy komponentlardan ishlab chiqarish nafaqat ekologiyani va mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydi, balki kremga mahalliy madaniyat va qadriyatlarga mos keladigan noyoblikni ham taqdim etadi.

  1. Startapni ishga tushirish jarayonida siz duch kelgan eng katta to‘siq nimadan iborat bo‘ldi, uni qanday yengib o‘tdingiz?

    Startapni ishga tushirish boshida moliyaviy cheklovlar yuzaga keldi. Yechim – investitsiyalarni jalb qilish, venchur kapital yoki davlat ko‘magi edi.

Bu bosqichda mahsulot prototipi yoki namunalarini ishlab chiqish muhim vazifa edi, ular kremning qimmatli ekanini ehtimoliy investorlarga namoyish etish imkonini berardi.

  1. Jamoaning har bir a’zosi loyihada qanday rolni bajaradi? Ular startapga qanday ko‘nikma va tajribani olib kiryapti?

Bizning ambitsioz startap-loyihamizni amalga oshirishda muhim rol o‘ynayotgan jamoamizning ishtirokchilarini taqdim etaman.

Jamoa yetakchisi va loyihaning bosh rahbari – men, Akramova Malika. Mening vazifam butun jarayonni muvofiqlashtirish va jamoa a’zolari orasida o‘zaro yaqin aloqalarni ta’minlashdan iborat. Mening rahbarlik va strategik rejalashtirish bo‘yicha tajribam  tufayli loyihamizga aniqlik, yo‘nalish va muvaffaqiyatga erishish uchun ilhom beraman.

Loyihaning bosh marketologi va iqtisodchisi Shahzoda Abdukarimova jamoamizning muhim tadqiqotchi bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning bozorni tahlil qilish, trendlarni prognozlash va biznes-strategiyalarni ishlab chiqish ko‘nikmalari bizni qimmatli axborot bilan ta’minlaydi, muvaffaqiyatli biznes-rejamiz ham ana shunga asoslanadi.

Ilmiy va ijodiy tafakkurni birlashtirgan Maftuna Akramova mahsulotni ilgari surish borasida muhim rol o‘ynaydi. U brendimizga va mahsulotimizga turli onlayn-platformalarda va ulardan tashqarida e’tiborni jalb qilgan holda ijtimoiy media bo‘yicha strategiyalarimizni boshqaradi.

  1. Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtirgansiz?

    Biz Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyasidan murakkab kimyoviy tahlillar va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun foydalanishni rejalashtirganmiz, chunki bizga, masalan, komponentlar tarkibini va mahsulot tuzilmasini tahlil qilish uchun ixtisoslashgan uskunalar kerak bo‘ladi.

  2. Akselerator mentorlari bilan qanday ishlayapsiz, jamoaga mentorlikdan qanday yordam zarur?

    Mentorimiz – Barno Ortiqxo‘jayeva, boy tajribaga ega o‘z kasbining ustasi, u jamoamizda muhim rol o‘ynaydi. Uning qimmatli maslahatlari va ekspert fikri bizga xatolardan qochish va samaraliroq strategiyani ishlab chiqishda yordam beryapti. Biz o‘zining bebaho bilimlari bilan o‘rtoqlashayotgani va qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam berayotgani uchun undan juda minnatdormiz.

  3. Startapingizning kelajak rejalari qanday? Qanday yangi mahsulotlarni yoki funksiyalarni joriy etishni rejalashtiryapsiz?

Istiqbolda – jadal parvarish metodlariga e’tibor qaratgan holda assortimentni kengaytirish hamda foydalanish qulay va samarali bo‘lishi uchun o‘ramlarimizni takomillashtirish. Maqsadimiz mijozlarga teri parvarishi hamda uning salomatligi va go‘zalligini saqlash uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etishni davom ettirish uchun muntazam ravishda innovatsiyalarga e’tibor qaratish bo‘lib qoladi.

 

Все новости