Yangiliklar

Jamoa bilan intervyu: «Hair Spray»

1. Startapingizning asosiy maqsadi nima va siz uning yordamida nimalarga erishmoqchisiz?

Startapimizning asosiy maqsadi bu soch o‘stiruvchi, o‘zida biologik faol moddalarni saqlovchi sprey va moylar ishlab chiqarish. O‘zbekiston aholisining 70% soch muammolari  bo‘yicha mutahassislarga  murojaaat qilishini hisobga olgan holda , biz yiliga 100 mingdan 120 minggacha mahsulot ishlab chiqarish, ish o‘rinlari yaratish va mahsulotlar turini ko‘paytirishni rejalashtiryapmiz.

2. Startapingiz bozordagi raqobatchidan nimasi bilan farq qiladi? Raqobat-bardosh ustunligingizni qanday saqlab qolishni rejalashtiryapsiz?

Bizning asosiy raqobatchilarimiz Janubiy Koreya, AQSH, Fransiya va Rossiyada ishlab chiqarilgan. Biologik faol, vitamin va minerallarga boy bo‘lgan krem va mazlar hisoblanadi. Biz ularga nisbatan tabiiy, arzon hamda har qanday soch turiga mos keladigan, soch to‘kilishiga qarshi ta’sirga ega, vitaminlarga boy mahsulotlarni tasnif qilish orqali o‘z ustunligimizni saqlab qolmoqchimiz.

3. “Hair spray” qanday ta’sir qiladi? Bosh terisi, shu jumladan ta’sirchan va muammoli teri uchun?

Vitamin va minerallar spreyning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, u 99% ni tashkil qiladi. Bosh terisida qon aylanishini yaxshilaydi. Soch tolalarini mustahkamlashda ahamiyatli. Sochlarni tez o‘sishini tarkibidagi vitamin B12 ta’minlab beradi. Sochlar tez yog‘lanishining oldini oladi.

4. Mahsulotingizni tayyorlashda siz qanday tabiiy komponentlardan foydalangansiz?

Biz spreyimizni tayyorlashda quyidagi komponentlardan foydalanamiz, jumladan, vitamin B1 , vitamin B6, vitamin B12 va suvdan. Muhim komponentlardan biri bu nikotin kislotasi, shuningdek tiamin kislotasi soch tolalarining mustahkamligini oshiradi. Bu noyob, tabiiy kombinatsiya vitaminlar effektini kuchaytiradi va tezlashtiradi.

Biz mahsulotni noxush hidini yoqotishda faqat tabiiy mahsulotlardan foydalandik.

5. Mahsulotingizdan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazdingizmi va foydalanuvchilardan qanday fikr-mulohazalar oldingiz?

Mahsulotimizdan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazdik. Shu kungacha biz 150 da ortiq aholiga xizmat ko‘rsatdik. Bizning mahsulotimiz soch o‘stirish, davolash va tug‘ruqdan keyingi soch to‘kilishlarning oldini oladi.Muhim ko‘rsatgichlardan biri bu  mahsulotmizni sinab ko‘rgan mijozlar qayta xaridni amalga oshirishidir.

6. Siz mahsulotingizni tayyorlashda kerakli ma’lumotlarni yig‘ish va spreyni qayta ishlash jarayoni bilan bo‘lisha olasizmi? Ushbu jarayonning etikasi va barqarorligini qanday ta’minlaysiz?

Biz spreyimizni tayyorlashda asosan tabiiy va tayyor mahsulotlardan foydalandik va uni laboratoriya sharoitida tayyorladik.

7. Siz speyning samaradorligini xaridorlarga qanday isbotlay olasiz? Klinik tadqiqotlardan o‘tkazganmisiz yoki xaridorlardan fikr va mulohazalar olganmisiz?

Biz mahsulotimiz tabiiyligini va xavfsizligini ta’minlab beramiz. Hozirda 150 dan ortiq mijozlarimiz mavjud va ular mahsulotimiz borasida yaxshi fikrda. Biz buni  1yil davomida isbotladik.  Hattoki allergik teri kasalliklari bilan og‘riganlarga ham ijobiy natija berdi. Hech qanday nojo‘ya ta’sir kuzatilmadi. Hozirda mahsulotimiz tarkibi ustida kerakli laboratoriya ishlari olib borilmoqda.

8. Siz duch kelgan eng katta to‘siqlar nima va siz ularni qanday yengib o‘tgansiz?

Startapni ishga tushirish jarayonida  C.A.T murabbiylarining yordamlari juda katta. Kelib chiqqan barcha muammolarni biz maslahatlashib birgalikda  hal qildik. Shuning uchun bu muammolarni katta to‘siqlar deb ham aytolmayman. Ularning yordamlari bilan biz korparativ logotipni tanladik, undan ham ko‘proq mijozlar sonini kengaytirish uchun mahsulot dizaynini takomillashtirdik. Hozirda biz mahsulotimizni nafaqat Toshkent shahrida, balki Buxoro, Samarqand, Navoiy va Xorazm viloyatlariga yetkazib beramiz.

9. Jamoangizning har bir a’zosi qanay rol o‘ynaydi? Ular loyihaga qanday hissa qo‘shadi?

Bizning jamoa 2 kishidan iborat.

Loyiha menejeri: Qodirova Azizabonu Bahadirovna –texnolog va farmatsevtika bo‘yicha 3 yillik tajribaga ega.

Marketolog: Quvvatova Zarinabonu Shuhratovna – 1.5 yillik tajribaga ega.

10. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Biz laboratoriyalardan spreylarimiz sifatini baholashda foydalanamiz. Bu speylarimiz tarkibida nikotin kislotasini saqlashi bilan bog‘liq. Ularning sifat va miqdorni aniqlash juda muhim.

11. C.A.T murabbiylari bilan qanday ishlaysiz va ulardan qanday yordam kerak bo‘ladi?

Hozirda C.A.T akselerator murabbiylarining bizga bergan bilimlari tufayli juda ko‘p bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik. Bundan tashqari biz faoliyatimizni kengaytirdik. Biz yutuqlarimizni keyinchalik mahsulotimizni reklama qilishga va ishlab chiqarishga yonaltiramiz.

12. Sizning startapingiz bo‘yicha kelajakdagi rejalaringiz qanday? Qanday yangi mahsulotlarni taqdim etmoqchisiz?

Kelajakda biz soch uchun maskalar, termohimoya vositalari va moylar   ishlab chiqarmoqchimiz.

Все новости