Yangiliklar

Jamoa bilan intervyu: «ProMask»
  1. Sizning matoli niqoblaringiz bozorda taqdim etilgan boshqa turdagi niqoblardan nimasi bilan farq qiladi?

Bizning niqoblarimizda turli foydali xususiyatlarga ega probiotiklar (foydali bakteriyalar) mavjud. Bu bakteriyalar yuz terisining mikroflorasini normallashtirishga ko‘maklashadi, qarishni sekinlashtiradi va yuz terisi qurib ketishining oldini oladi.

  1. Niqoblarni ishlab chiqarishda qaysi asosiy materiallar va texnologiyalardan foydalanasiz?

Bizning matoli niqoblarimiz ip-gazlamadan tayyorlanadi. Ishonchli o‘ramni ta’minlash uchun zip-fayllardan foydalanamiz. Bundan tashqari, biz biologik xavfsiz va kimyoviy jihatdan neytral materiallardan foydalanamiz. Mahsulot iloji boricha saqlanishi uchun biz vakuumli o‘rash mashinasini qo‘llaymiz.

  1. Matoli niqoblarning sifati va xavfsizligini qanday ta’minlaysiz?

Biz bir necha yondashuv yordamida matoli niqoblarimizning yuqori sifati va xavfsizligini ta’minlaymiz. Birinchi navbatda, biz foydalanuvchilarda allergik reaksiyalarni keltirib chiqarish ehtimoli kam bo‘lgan tabiiy matolarni tanlaymiz. Mahsulotning sterilligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonimiz steril ishlash standartlariga qattiq rioya qiladi.

  1. Boshqa turdagi niqoblar bilan solishtirganda foydalanuvchi uchun matoli niqoblardan foydalanishning qanday ustun tomonlari bor?

Niqobimiz bir vaqtning o‘zida terining normal mikroflorasini yaxshilaydi, yuzning quruqligini bartaraf etadi va terining qarishini sekinlashtiradi.

  1. Mahsulot assortimentini kengaytirish yoki yangi innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha rejalaringiz qanday?

Undan keyin biz namlantiruvchi va shifobaxsh kremlarni ishlab chiqarmoqchimiz. Taxminan yaqin 2 yil ichida.

  1. Sizda hozir niqobning tayyor prototipi bormi? Prototipni sinovdan o‘tkazgandan keyin mahsulotga qanday o‘zgartirishlarni kiritishni rejalashtiryapsiz?

Prototip tayyor, biz unda sinovlar o‘tkazdik va kimyoviy moddalarni, laktobakteriyalarning faolligini ushlab turuvchi parfyumeriya ekstraktlarini qo‘shdik.

  1. Startapingizning asosiy missiyasi nimadan iborat, uning yordamida nimaga erishmoqchisiz?

Asosiy missiya – NATIJA.

Sifatli mahsulot, mijozlarning ko‘pligi va yuqori daromad (foyda).

  1. Startapni ishga tushirishda qanday to‘siqlarga duch keldingiz, ularni qanday yengib o‘tdingiz?

Ayrim mahsulotlarni topishga qiynaldik, biroq mentorimiz ularni topishga yordam berdi, biz ularni maxsus saytlar orqali topdik.

  1. Jamaongiz a’zolari loyihada qanday rol o‘ynaydi? Ular loyihaga qanday ko‘nikma va tajribani olib kirmoqda?

Loyiha rahbari, g‘oya muallifi – Soxibnazarova X. A., u vazifalarni taqsimlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Reyimbergenova Z.A. – laboratoriya va taqdimot faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Ermatova X. – Vazifalarni bosqichlar bo‘yicha joylashtiradi va nazorat qiladi, raqobatchi firmalar (brendlar)ning marketing monitoringini o‘tkazadi va ularning ishini o‘rganadi.

Sh. U. Urmanalieva va Yu. Abduvoxidova statistika, buyurtmachilar,  stajirovkalarda vazifalarning amaliy bajarilish jihatlari va laboratoriya ishlari  bilan shug‘ullanadi.

  1. Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtirgansiz?

Biz mahsulotni ilmiy markazimizning mikrobiologiya laboratoriyasida  ishlab chiqarmoqchimiz. Ishlab chiqarish jarayoni maxsus steril qutilarda amalga oshiriladi, o‘rash ishlari esa laboratoriyaning o‘zida bajariladi.

  1. Akselerator murabbiylari bilan qanday ishlayapsiz, jamoangizga qanda y murabbiylik ko‘magi zarur?

Mentorimiz, Sherozbek Dolimov, bizning tajribamizni yanada boyitgan holda o‘zining qimmatli tavsiyalari va bilimlari bilan o‘rtoqlashmoqda. Har hafta faoliyatimiz haqida hisobot taqdim etamiz, g‘oyalarni muhokama qilamiz va qo‘shimcha materiallar bo‘yicha maslahatlar olamiz. U strategik rejani yaratishga yordam berdi va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rgatdi. Seminarlarda natijalar muvaffaqiyatli chiqishi uchun tashabbusning, tadbirkorlikning va mo‘ljalni mijozga yo‘naltirishning muhimligini doim ta’kidlaydi. Sherozbek Dolimovning ishidan mamnunmiz.

 

Все новости