Yangiliklar

Mentorlik va SMART maqsadlarni belgilash

21-may kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida “Mentorlik va SMART maqsadlarni belgilash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi.

Spiker:
Nora Rahimova — reklama, marketing, tijorat aviatsiyasi, turizm va logistika sohasida 27 yildan ortiq tajribaga ega mentor va tadbirkor.

Seminarning maqsadlari:
– mentorlik va mentorlar startaplarga qanday yordam berishi haqida gapirib berish;
– startap-loyihalarning SMART maqsadlarini o’ylab chiqish;
– har bir loyihani amalga oshirish uchun qanday jamoa va mentorlar kerakligini aniqlash.

Sana: 21 may, shanba kuni
Vaqt: 11:00
O‘tkazilish joyi: Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari ishtirok etishi shart! Hududlardagi jamoalar uchun Zoom-da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.

Все новости