Yangiliklar

C.A.T. Science Accelerator 4.0 jamoalari uchun mentorlik sessiyalari boshlanyapti

Oyiga bir necha marta har bir jamoa mutaxassislarning yordamini olish, o’z loyihasining kuchli va zaif tomonlarini tushunish va qaror qabul qilishda xatolikka yo’l qo’ymaslik imkoniyatiga ega bo’ladi.

Bizning mentorlar jamoasi Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari va boshqa sohalar (startaplar, yashil texnologiyalar, marketing va boshqalar) mutaxassislaridan iborat.

Birinchi uchrashuv 7-may kuni Ilg’or texnologiyalar markazida bo’lib o’tadi. Hududlardagi jamoalar bilan onlayn Zoom uchrashuvini tashkil qilamiz.

Все новости