Yangiliklar

BIZ SCIENCETHON O‘TKAZDIK!

16 fevral’ kuni biz Ilg‘or Texnologiyalar Markazida ScienceThon — akseleratorga ariza bergan jamoalar bilan birinchi uchrashuvni o‘tkazdik.

Tadbirni Innovasion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari va Ilg‘or texnologiyalar markazining direktori Shaxlo Utkurovna Turdikulova ochib berdi.

Akselerator direktori Vladimir Soy va akselerator mentorlari Saida Yusupova va Yelena Seleznyova 6 oyga mo‘ljallangan dastur, startaplar nimalarga ega bo‘lishi va akseleratorning ekspert komissiyasi e’tiboriga havola etiladigan taqdimotlarga qo‘yiladigan talablar haqida gapirib berishdi.

 

Все новости