Yangiliklar

Keyingi seminarimiz seshanba, 25-aprel kuni soat 18:15 da o‘tkaziladi

Spiker: Akmal Salixov, Vronica kompaniyasining hamasoschisi va kreativ direktori, mamlakatning yetakchi startaplari va IT-loyihalarida mentor va treker (Startap Tashabbuslar, Ucell Mobile Challenge, Open Data Challenge, IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi va boshqalar).

Mavzu: Customer Development: muammoni aniqlovchi intervyu, mijozlarni o‘rganish va rivojlantirish

Yaxshi startap maqsadli auditoriyaning yaxshi aniqlangan va ishlangan muammosidan boshlanadi. Biz vebinarda bo‘lg‘usi iste’molchining “og‘riqli joyi”ni qanday topish mumkinligi va nega muammoni izlash yechimni izlash kabi muhim ekani haqida so‘z yuritamiz. Mijozlar bilan muammoni va yechimni aniqlovchi intervyu qanday o‘tkazilishini muhokama qilamiz.

🌐 Vebinar Zoom platformasida o‘tkaziladi, havolani vebinar boshlanishidan bir soat oldin guruhga yuboramiz.

Все новости