Yangiliklar

MVPni muhokama qilish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.

4-iyun kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida akselerator startaplarining MVP (minimal yashashga layoqatli mahsulot) muhokama qilish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.

Spiker: Akmal Salixov – mamlakatning yetakchi startap va IT-loyihalarida mentor va treker: «Startap Initiatives», Ucell Mobile Challange, Open Data Challange, IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi va boshqalar.

Vazifa:

Ushbu shanba kuniga jamoalar loyihalari uchun o’zlarining MVP versiyasini ishlab chiqishlari kerak. Interaktiv sessiyamiz davomida Akmal Salixov loyihangizning hayotiyligini tahlil qiladi va mahsulotni bozorga chiqarish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Spiker haqida:

• “VRonica” virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) formatidagi o’yinlar va B2B loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kompaniya asoschisi;

• O’zbekistondagi o’yinlarni rivojlantirish bo’yicha birinchi “GameDev Goethe” inkubatorining asoschisi;

• Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida “O‘yinlarni rivojlantirish” fanidan o‘qituvchi;

• mamlakatda mobil o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri “Amayasoft” hamkori;

• O‘zbekistonning eng yirik onlayn «Spot» nashrida biznes va startaplarga bag‘ishlangan rukn muallifi – https://www.spot.uz/ru/tag/akmalsalikhov/

 

Sana: 4 iyun, shanba kuni

Vaqt: 11:00

O‘tkazilish joyi: Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari ishtirok etishi shart!

Hududlardagi jamoalar uchun Zoom-da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.

Все новости