Yangiliklar

C.A.T. Science Accelerator 5.0 ilmiy akseleratorida qatnashgan holda g‘oyangizni muvaffaqiyatli startap-loyihaga aylantiring!

🔬 C.A.T. Science Accelerator 5.0 ilmiy akseleratorida qatnashgan holda g‘oyangizni muvaffaqiyatli startap-loyihaga aylantiring! 🧫

✅ Akseleratorning 3 nafar finalchisi 100 000 000 so‘mdan mablag‘ga ega bo‘ladi!

Biz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalardan arizalarni qabul qilamiz:
• biotexnologiyalar;
• «yashil» texnologiyalar;
• diagnostika va biotibbiyot;
• muqobil energiya manbalari;
• yangi materiallar;
• ilm-fan sohasida IT va raqamli texnologiyalar;
• oziq-ovqat texnologiyalari.

✅ Finalchilarning barchasi o‘z biznes-rejalarini Innovatsion rivojlanish agentligining startaplar tanlovida grant olish uchun taqdim etishlari mumkin.

Akseleratorda qatnashish bepul!

🌐Arizalar 10-martgacha ushbu saytda qabul qilinadi: www.cat-sa.uz

Все новости