Yangiliklar

Omma oldida chiqish. Omma oldida o‘z startap-loyihangizni taqdim qilish ko‘nikmalari

17-sentyabr, shanba kuni Ilg‘or texnologiyalar markazida mehmon spiker bilan seminar bo‘lib o‘tadi

  • Mavzu: Omma oldida chiqish. Omma oldida o‘z startap-loyihangizni taqdim qilish ko‘nikmalari.
  • Spiker: Artur Pak-Vartanyan, Pak-Vartanyan & Partners trening komapniyasining sohibi va SaturnLab digital-agentligining hammuassisi.

Artur taqdimotni qanday qilib to‘g‘ri o‘tkazish, tinglovchilarga qisqa muddat ichida maksimum axborotni qanday yetkazish va auditoriya oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik haqida gapirib beradi.

Bu seminar juda muhim, chunki sizning taqdimot bo‘yicha ko‘nikmalaringiz juda tez orada – akselerator Demo Kunida zarur bo‘ladi.

  • Sana: 17-sentyabr (shanba)
  • Vaqt: 11:00
  • O’tkazilish joyi: Ilg’or texnologiyalar markazi, Toshkent sh.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining barcha jamoalari oflayn ishtirok etishi shart!
Boshqa viloyatlardagi jamoalar uchun Zoom’da onlayn translyatsiya mavjud bo’ladi.

Все новости