Yangiliklar

C.A.T. Science Accelerator 5.0 ilmiy akseleratoriga startaplarni qabul qilish boshlandi, u Ilg‘or texnologiyalar markazi va Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan o‘tkazilmoqda!

🔹Siz ilm-fan sohasida ishlaysizmi, odamlarning hayotini yaxshilash haqida orzu qilasizmi, sizda biznes-g‘oyalar bormi?
🔹O‘z loyihangizni ishga tushirish ishtiyoqidamisiz?

C.A.T. Science Accelerator 5.0 sizga g‘oyangizni amalga oshirishga yordam beradi!

✔️ Akseleratorning 3 nafar finalchisi 100 000 000 so’mdan mablag’ga ega bo’ladi!

Biz arizalarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilamiz:
🔸 biotexnologiyalar;
🔸 «yashil» texnologiyalar;
🔸 diagnostika va biotibbiyot;
🔸 muqobil energiya manbalari;
🔸 yangi materiallar;
🔸 ilm-fan sohasida IT va raqamli texnologiyalar;
🔸 oziq-ovqat texnologiyalari.

Akseleratorda qatnashish BEPUL!

Biz:
✔️ ta’lim dasturini;
✔️ Ilg‘or texnologiyalar markazining laboratoriyalari va ustaxonalaridan foydalanish imkoniyatini;
✔️ tajribali mentorlar (murabbiylar) hamrohligini;
✔️ akseleratsiya dasturidan o‘tilgani haqidagi sertifikatni;
✔️ Innovatsion rivojlanish agentligining startaplar tanlovida investitsiyalarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etamiz.

🏆 Biz hozirgacha 4 ta akseleratsiya dasturini o‘tkazdik. Akseleratorimizning 7 ta startapi umumiy miqdori 5 000 000 000 so‘mlik mablag‘larga ega bo‘ldi!

❗️Arizalarni qabul qilish — www.cat-sa.uz saytida.

Dastur 5 oy davom etadi.

Dasturga qabul 25-fevralgacha davom etadi! Ariza berishga ulgurib qoling! ✅

Все новости