Yangiliklar

Ekspert komissiyasi C.A.T. Science Accelerator 4.0-ga ishtirokchilarni tanlovini yakunladi

Tanlovdan o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxatini e’lon qilamiz:

1. Abdullaev Hamidjon, Farg’ona sh. (»Ta’limda 3D»: tibbiy 3D simulyator)

2. Abduqodirov Ilhomjon, Toshkent sh. (BFQ, buyrak toshlariga qarshi ekstrakt ishlab chiqarish)

3. Abduraimov Sanjar, Toshkent sh. (“yashil” vodorod generatorlar ishlab chiqarish)

4. Bakiyev Qudrat, Toshkent sh. (Tuproq va suv tahlili uchun tezkor test to’plamini yaratish)

5. Botirova Xurshida, Jizzax sh. (aseton sinovi, atsetonni aniqlash uchun maxsus indikator ishlab chiqarish)

6. Choriyev Azimjon, Qarshi sh. (“Yashil” texnologiya yordamida karbonat angidrid asosida yangi organik birikmalarni olish texnologiyasi)

7. Dilmurodov Ma’rufjon, Toshkent sh. (tish shifokorlari uchun gemostatik gel)

8. Jo‘rayev Mirjalol, Termiz sh. (Mahalliy xomashyolardan erto’la va bino tomlari uchun harorat saqlovich geomembranlarni olish va qo‘llash texnologiyasi)

9. Ilesaliev Dauren, Toshkent sh. («yashil» logistika)

10. Kamolova Yulduzxon, Toshkent sh. (koxlear implantlar, eshitish va nutqida zaifligi mavjud bolalar uchun dasturiy ta’minot va qurilma yaratish)

11. Qo‘shbakov Kamolidin, Toshkent sh. (ishlatilgan plastikdan plitkalar ishlab chiqarish)

12. Li Vyacheslav, Toshkent sh. (organik komponentlardan kukun ishlab chiqarish)

13. Mirakbarova Omina, Toshkent sh. (qandli diabetga chalinganlar uchun ortopedik poyabzal ishlab chiqarish)

14. Muzaffarova Gavhar, Toshkent sh. (IT texnologiyalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi uchun urug‘ sepuvchi)

15. Norqo‘ziyeva Nozima, Toshkent sh. (tuproqni tahlil qilish qurilmasi)

16. Normurotov Jahongir, Termiz sh. (gidrogel, polimer komplekslari yordamida tuproq sho‘rlanishining oldini olish va uni bartaraf etish texnologiyasini ishlab chiqish).

17. Ramazonova Kamola, Toshkent sh. (tibbiy sovun ishlab chiqarish)

18. Ravshanov Samandar, Toshkent sh. (Aminalab loyihasi, raqamli tibbiyot)

19. Shakarboeva Xavasoy, Toshkent sh. (tibbiy jarohatlangan tagliklar)

20. Sirojova Husniya, Guliston sh. (qishloq xo‘jaligida qushlarni qo’rqituvchi)

21. To‘rayeva Gulandon, Qarshi sh. (sabzavot vegetativ texnologiyasi)

22. Tursunova Dilnozakson, Farg‘ona sh. (parrandachilik xo‘jaliklarida ekologik chiqindilar hisoblangan patlarni qayta ishlashning chiqindisiz texnologiyasi)

23. Umaraliyev Sherzodbek, Farg‘ona sh. (ko‘rish diagnostikasi qurilmasi)

24. Usmonov Islombek, Farg‘ona sh. («MILK SILK» sut oqsilidan (kazein) tola ishlab chiqarish)

25. Usmonov Furqat, Farg‘ona sh. (bolalar uchun STEM robototexnika to‘plamini ishlab chiqish)

26. Xudoyberdiev Doniyorbek, Toshkent sh. (Robot w: oyna tozalash)

27. Sharipova Dilnora, Buxoro sh. (meva quritgichning takomillashtirilgan versiyasini ishlab chiqish)

28. Yekaterina Yun, Toshkent sh. (bioxaklash loyihasi)

Barcha jamoalarni tabriklaymiz! Oldinda – 6 oylik faol ish.

Bir necha kundan keyin akseleratorning uchrashuv va seminarlari boshlanadi. Yangiliklarimizni kuzatib boring!

Все новости