Yangiliklar

«Stile MosaiC» jamoasi bilan intervyu

Biz intervyular seriyasini davom ettiramiz va qayta ishlangan plastmassadan plitkalar ishlab chiqaradigan «Stile MosaiC» jamoasi bilan tanishamiz.

1. Sizning startapingiz g’oyasi qachon paydo bo’lgan va qanday mahsulotlarni ishlab chiqaryapsiz?

Ushbu g’oya jamoamiz a’zolaridan biri Kushbakov O’tkir Baxromovichda 2019 yilda paydo bo’lgan. Kushbakov O’tkir Baxromovich bank sohasida faoliyat yuritayotgan davrda turli xil soha va biznes vakillarining bankda mijoz sifatida aloqalari bo’lganligi uchun, ular qilayotgan ishlardan ta’sirlanib ushbu go’ya paydo bo’lgan. Hozirgi kunda “Stile MosaiC” brendi ostida plastik kafellar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yganmiz.

2. Jamoangizda qanday mutaxassislar bor?

Bizning jamoa loyihamiz uchun zarur bo’lgan tajriba va yo’nalishga ega bo’lgan 3 mutaxassisdan iborat:

–  Kushbakov O’tkir Baxromovich — iqtisodchi;

–  Kushbakov Kamoliddin Baxromovich — sotsiolog, IT bo’yicha mutaxassis, san’atkor;

–  Norqulov Zafarbek Nasriddin o’g’li — ximik, xirurg.

3. Ushbu sohada ishlashni boshlashingizga nima turtki bo’ldi?

Birinchidan, bajarish va amalda qo’llash mumkin bo’lgan g’oyani joriy etishda o’zimning tajribamni sinash. Ikkinchidan, tajribamni biznes sohasida qo’llash va natijasini amaliy ifoda etishdir.

4. Plitkalaringizning analoglar bilan solishtirganda samaradorligi qanday? Ular qanchalik mustahkam?

Plitkamizning analoglarining aksari sinuvchchan va qimmat. Bizning plitkalarimiz sinmaydi va arzon.

5. Plitkalarni qayta ishlash mumkinmi?

Mumkin, ularni boshqacha shaklda kerak bo’lsa, boshqa ranglarda ishlab chiqarish mumkin.

6. Bunday plitkalarni qo’llash sohalari haqida so’zlab bering. Ular ichki yoki tashqi makonlarni bezatish uchun ham mo’ljallanganmi?

Plitkalar asosan zal, oshxona, basseyn va yuvinish xonalarida qo’llaniladi. Ichki makonlarni bezatish uchun mo’ljallangan.

7. Sizning hisob-kitoblaringiz bo’yicha, mahsulotingiz tannarxi oddiy plitkalardan qancha farq qiladi?

Bizning hisob-kitoblarimizga bo’yicha, mahsulot tannarxi 20-25 ming so’m, boshqa oddiy plitkalardan 20-25 ming farq qiladi.

8. Mahsulotlarni eksport qilish rejalaringiz bormi?

Albatta, oldin ichki bozorda keyin esa tashqi bozorga eksport qilish rejamizda bor.

9. Ilg‘or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan qanday foydalanishni rejalashtiryapsiz?

Mahsulotning yuqori effekti jihatidan va uning kamchiliklarini aniqlash maqsadida Ilg’or texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan foydalanishni rejalashtirganmiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Stile MosaiC» loyihasining rivojlanishini kuzatib boring:

Telegram: https://t.me/stile_mosaic_channel
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100080679984396

 

Все новости