Yangiliklar

21-iyun, chorshanba kuni o‘tkaziladigan keyingi seminar mavzusi: ESG (Ekologik ijtimoiy boshqaruv) va kompaniyalarning investitsion maftunkorligi.

Investorlarning toboro ko‘pchiligi, ayniqsa xorijda, u yoki bu kompaniyaga investitsiya qilish haqida qaror qabul qilar ekan, uning ekologiya va ijtimoiy sohaga ta’sirini hisobga olishni boshlamoqda.

ESG-tamoyillar (Environmental – ekologiya, Social – ijtimoiy loyihalar, Governance – korporativ boshqaruv) – bu kompaniyalar o‘z faoliyatini tashkillashtirganda rioya qiladigan ekologik va ijtimoiy standartlar. Bunday biznes atrof-muhitni asraydi, ijtimoiy adolatga intiladi, investorlar, aktsiyadorlar, xodimlar va mijozlarga nisbatan shaffof.

O‘zbekistonda kompaniyalar nega bu tamoyillarga amal qilishi muhim ekani haqida so‘z yuritamiz.

Spiker: Barno Isomiddinova, biznes-trener, startap-dasturlar va treninglar mentori va koordinatori.

Seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi (21-iyun, soat 18:00 da).

Все новости