Yangiliklar

Chorshanba, 10-may kuni soat 18:00 da navbatdagi seminarimiz o‘tkaziladi

Mavzu: Bozorni o‘rganish va raqobatchilarni tahlil qilish.

 

Seminarda startaplar bozorni o‘rganishi muhim ekani, bozorni baholash va tahlil qilish usullari, ma’lumotlar manbalari va raqobatchilarni tahlil qilish usullari haqida so‘z yuritamiz. Shuningdek, bu mavzu marketing strategiyasini va biznes-rejani ishlab chiqish uchun muhim bo‘ladi.

 

Spiker: Barno Isomiddinova, biznes-trener, startap-dasturlar va treninglar mentori va koordinatori, Chevening-2021 dasturi (UK) doirasida biznes, innovatsiyalar va raqamlashtirish bo‘yicha magistr, Uzbekistan Business Leaders Program dasturining (AQSH) bitiruvchisi. 2017-yildan buyon Farg‘ona vodiysida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun treninglar o‘tkazish dasturlarida qatnashib keladi.

 

Seminar Zoom platformasida o‘tkaziladi (10-may, soat 18:00).

Все новости