Yangiliklar

20-may, shanba kuni, Ilg‘or texnologiyalar markazida keyingi seminarimiz o‘tkaziladi.

Mavzu: MVP, minimal yashashga layoqatli mahsulot.

Spiker: Akmal Salixov, VRonica kompaniyasining hamasoschisi va kreativ direktori, mamlakatning yetakchi startap va IT-loyihalarida mentor va treker.

MVP (mahsulotning minimal ishchi versiyasi) nima ekani, u tayyor mahsulotdan nimasi bilan farq qilishi haqida gapirib beramiz. Ilmiy startaplarda MVPning qanday variantlari boʼlishini hamda MVPni qanday ishga tushirish va testdan oʼtkazishni muhokama qilamiz.

Sana: 20-may, shanba
Vaqt: 11:00

Seminar offlayn o‘tkaziladi! Toshkent jamoalari qatnashishi majburiy! Hududlardagi jamoalar uchun Zoom platformasida onlayn-translyatsiya imkonli bo‘ladi.

Barchani shanba kuni soat 11:00 da kutamiz!

Все новости