Yangiliklar

C.A.T. Science Accelerator 5.0 dasturining muhim yangiligi!

C.A.T. Science Accelerator 5.0 dasturining muhim yangiligi!

⏰ Biz arizalarni qabul qilish muddatini 15-martgacha uzaytiryapmiz! 100 mln so‘m miqdoridagi moliya mablag‘larini olish, akseleratsiya dasturidan o‘tganlik haqidagi sertifikatni hamda Innovatsion rivojlanish agentligining grant jamg‘armasi doirasida startaplar tanloviga biznes-reja taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

🔬Arizalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:
• biotexnologiyalar;
• «yashil» texnologiyalar;
• diagnostika va biotibbiyot;
• muqobil energiya manbalari;
• yangi materiallar;
• ilm-fan sohasida IT va raqamli texnologiyalar;
• oziq-ovqat texnologiyalari.

Akseleratorda qatnashish bepul, arizani www.cat-sa.uz saytida berish mumkin.

✅O‘z biznes-g‘oyangizni hayotga tatbiq etish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

Все новости