Yangiliklar

C.A.T. SCIENCE ACCELERATOR AKSELERATORINING IKKINCHI QABULI

Ajoyib yangilik — tez oarada C.A.T. Science Accelerator kseleratoriga 2-qabul boshlanganini e’lon qilamiz, yangiliklarni kuzatib boring!

Hozircha, birinchi qabul yakunlari bilan o‘rtoqlashamiz:

❇️ tanlovda 130 ta arizadan 28 ta startap o‘tdi;

❇️ jamoalar Global Innovation through Science & Technology (GIST) On Demand Bootcamp and Innovation Hub (iHub) xalqaro seminarida qatnashdi;

❇️ startaplar Kremniy vodiysidan tashrif buyurgan ekspertlar bilan mentorlik sessiyalarida qatnashdi;

❇️ 6 oy davomida jamoalar loyihalar ustida ishladi;

❇️ 16 ta startap mahsulot yaratib, finalgacha yetib bordi;

 

 ⚡️3 ta loyiha O‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov doirasida umumiy miqdori 200 000 dollarlik investitsiyaga ega bo‘ldi.

? N E F: o‘simlik xomashyosidan yangi ozuqa retsepturalarini ishlab chiqish;

? ONSITE GmbH: mahalliy xomashyodan pektin ishlab chiqarish;

? LiPatch: suyuq plastir ishlab chiqarish.

❇️ shuningdek N.E.F  loyihasi Qozog‘istonda vitaminli mahsulotlar va BFQ, ozuqalarga qo‘shimchalar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilishni rejalashtirmoqda. C.A.T. Science Accelerator akseleratoriga birinchi qabulning barcha yakunlari – videomizda, tomosha qilamiz!

Все новости