Biocentric

C.A.T. Science Accelerator bizga ko‘p jihatlar bo‘yicha ko‘maklashdi, xususan: 

Bozorni o‘rganishimizga yordam berdi – biz mahsulotimizni qo‘llash mumkin bo‘lgan yangi sohalarni topdik; to‘g‘ri biznes-modelni yaratishga ko‘maklashdi. Biznes-rejaga tuzatishlar kiritdik, faoliyat sohamizni kengaytirdik. Akselerator bizga bioparchalanadigan plastik namunalarimizni tez parchalanishga testdan o‘tkazish uchun laboratoriya xizmatlarini taqdim etdi. Moliyaviy savodxonlikka bag‘ishlangan treninglar o‘tkazildi; omma oldida chiqish qilish mashq qilindi va bu borada tajribaga ega bo‘lindi. Shuningdek, akselerator kompaniyamiz logotipini rebrending qilishga yordam berdi, muqobil nuqtai nazardan baholadi. Xorijlik va taklif etilgan professional mentorlar g‘oyamizga va mahsulotni ilgari surish rejasiga boshqa tomondan nazar tashlashga ko‘maklashishdi, biz buning asosida tegishli tuzatishlarni kiritdik. Akselerator biz uchun unumli o‘tdi, mentorlarning hammasi o‘z sohasining ustasi, bilimdon. Kelgusida ham Ilg‘or Texnologiyalar Markazi bilan bioparchalanadigan va antibakterial plastik buyumlar sohasida hamkorlik qilishni rejalashtiryapmiz.