Defuse-IT

Aksederator tashkiliy ishlarda va loyihamiz boshida, g‘oyani real tayyor mahsulotgacha rivojlantirishga yordam berdi, bizga nafaqat biznes, amalga oshirish ishlari bo‘yicha, balki ilmiy fikrni rivojlantirish bo‘yicha ham maslahatlar berishdi. 

Bu men qatnashgan platformalardan eng yaxshisi. Mentorlar Alisher Yusupov, Vladimir Soy, Saida Yusupova, Yelena Seleznyova va Aleksandr Yudakovlar yuqori malakali ekspertlar bo‘lib, ular amalda va bozorda haqiqatdan ham ishlaydigan maslahatlar bilan yordam berishdi. Ularning nasihatlari tufayli Defuse-IT jamoasi o‘zining ilk savdolarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Xalqaro ekspertlarning jadal mashqlari va treninglari tufayli Defuse-IT loyihasi Climatelaunchpad xalqaro platformasining mintaqaviy bosqichi finalchisiga, YeI Taraqqiyot dasturi tomonidan tashkil qilingan ideachallange 2020 finalchisiga aylandi. Loyiha dadillik bilan moliyalashtirish bosqichi tomon boryapti, bularning barchasi akselerator va ajoyib ekspertlar tufayli, hammaga tashakkur!