«Innocens Bio»

Birinchi navbatda akselerator loyiha odamlarga kerak-kerak emasligini tushunishimizga, mentorlar va mutaxassislar ko‘magida statistikadan tortib to biznes-rejagacha bo‘lgan barcha hisob-kitoblarni amalga oshirishimizga, tijoratlashtirish rejasini bosqichma-bosqich batafsil ko‘rib chiqishimizga yordam berdi. Loyihamizga turli burchaklardan nazar tashlashimizga va eng keraklisini to‘plashimizga, loyihani qanday qilib to‘g‘ri taqdim etishimiz va muammoning hal etilish darajasini hisobga olgan holda oldimizga vazifani qanday qilib to‘g‘ri qo‘yishimiz kerakligini tushunishimizga ko‘maklashdi.

Akselerator startaplar uchun qulaylik zonasidan chiqishga va g‘oyaga begonalarning ko‘zi bilan qarashga, olamda yuz berayotgan voqealarni ko‘rish va ularni o‘rganishga majbur etadigan real platforma. Akseleratordagi ishtirokimiz davrida biz bilimlarni yangi formatda oldik. Mahsulot juda zo‘r, juda kerakli va innovatsion bo‘lsa ham, uni odamlarga to‘g‘ri yetkazish katta mehnatni va bilimni talab qilar ekan. Biz tafsilotda aynan muammoli nuqtaga tushadigan tafsilotni izlashni o‘rgandik. Biz bilan individual ishlagan, o‘z bilimlarini biz bilan baham ko‘rgan va ajoyib vebinarlarni tashkillashtirgan mentorlarning ishini alohida qayd etishni istardik. Bu yil hammasi onlayn o‘tgan bo‘lsa-da, akseleratorda qatnashganimizdan juda mamnunmiz – juda ko‘plab yangi va zamonaviy bilimlarga va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik. Ilg‘or texnologiyalar markaziga va barcha tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz!