Lucky step – Diabetic Shoes

Lucky Step jamoasining a’zolari o‘z faoliyatini endigina boshlagan startapchilar uchun Akselerator dasturini ishlab chiqishga va o‘tkazishga o‘z hissasini qo‘shgan tashkilotchilar va barchaga o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Dasturning o‘tgan 6 oyi davomida mahsulot prototipini ishlab chiqishga va ilmiy mehnatimizni ishlab chiqarishga joriy etishga muvaffaq bo‘ldik. Endi barcha sa’y-harakatlarimizni va olgan ko‘nikmalarimizni loyihamizni rivojlantirishga yo‘naltiramiz, bu mamlakatimizda qandli diabetga chalingan ko‘plab kishilarning muammosi uchun yechimga aylanishiga umid qilamiz. Mahsulotimiz og‘riqni kamaytirishga va odamlarning hayot sifatini oshirishga xizmat qilishiga intilamiz.