Toza suv (Pure Water)

6 oy davom etgan C.A.T. Science Accelerator Biotech 3.0. da 4 ta quyidagi asosiy bosqichlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik:

  • 1 bosqichda rejalashtirish va Customer Development/ Muammoli interv’yular natijalari bo‘yicha maqsadli auditoriyaning “og‘riqli” tomonlari va muammolarini izlab topishni, muammoli interv’yular natijalarini ko‘rsatish, maqsadli auditoriyani aniqlash, mijozlarning qaysi muammosini hal etishimiz va loyihamizning 6 oylik ish rejasini tuzishni o‘rgandik.
  • 2 bosqichda, loyihaning biznes-modelining asosini yaratdik.
  • 3 bosqichda, MVP yaratish ya’ni mahsulotimizning prototipi / minimal ishchi versiyasini yaratish ustida ishladik.
  • 4 bosqichda, taqdimotni Demo-kunga tayyorlab ekspertlar davrasida o‘z mahsulotlarimizni himoya qilib 8 jamoa ichida faxrli 3-o‘rinni egalladik.»

C.A.T. Science Accelerator Biotech 3.0 ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va olimlarning biznes bilan aloqasini yo‘lga qo‘yishga yordam berdi. Unda biz biznes sohasida tayanch bilimga ega bo‘ldik. Bu esa startapimiz uchun muhim deb xisoblaymiz.

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion Rivojlanish Vazirligi ko‘magida tashkil etilgan loyiha tashkilotchilari va hamkorlari Ilg‘or Texnologiyalar Markazi, StartupFactory.uz va Green Business Innovasion kompaniyalariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Ularga kelgusi faoliyatida juda ko‘plab biz kabi jamoalarni to‘g‘ri yo‘lga tushib olishlarida yordam berishlaridek ma’sulyatli ishlarida omad tilaymiz.

Hurmat bilan, Toza suv (Pure Water) jamoasi!